Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.UZ
P
  • 00:28 – Eldor Shomurodovdan navbatdagi shedevr! SSKA darvozasiga Messi uslubidagi gol urdi. 
  • 12:45 – Neymar: "Muxlislarni to'g'ri tushunaman" 
  • 18:00 – "Real Madrid" 3-2 "Levante" La Liga 4-tur 

Angliyalik jurnalist Krishtianu Ronalduni yig‘latdi (foto)

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu Angliyaning ITV telekanali uchun taniqli teleboshlovchi Pirs Morganga katta intervyu berdi. Suhbat chog‘ida Krishtianu otasining tasvirlarini ko‘rar ekan ko‘zyoshlarini tiyib tura olmadi.

“– Men bu suratlarni hech qachon ko‘rmaganman. Aql bovar qilmaydi.

– Otang hozirgi yutuqlaringdan g‘ururlangan paytlarini ko‘rganingda nimalarni his etarding?
– Bilmadim, ammo bu men uchun juda ko‘p narsani anglatardi. Bilasanmi, men intervyu qiziqarli bo‘ladi deb o‘ylagandim, lekin yig‘layman deb o‘ylamagan edim. Ushbu tasvirlarni menga berishing kerak. Chunki men bu surat va videolarni oila a’zolarimga – o‘g‘limga, Jorjinaga va Alanaga garchi u kichkina bo‘lsa ham ko‘rsatib, bobosi qanday inson bo‘lganini tasvirlab berishim kerak.

– Krishtianu, otang bilan qay darajada yaqin eding?
– Aniq bilaman, men otamni yuz foiz bilmasdim. U bilan oddiy suhbatdosh sifatida hech qachon gaplashmaganman. Gaplashish juda qiyin bo‘lardi.

– Sen uchun bu juda ta’sirli.
– Men bu videoni hech qachon ko‘rmaganman. Kechir (yig‘laydi).

– Sen uchun qayg‘u nima?
– Birinchi raqamli o‘yinchi bo‘lganim va otam buni ko‘rmagani, umuman, mukofotlarimni ko‘rmagani.

– U hech qachon sening buyukligingni ko‘rmagan.
– Hech qachon. Oilam, onam, akalarim va hatto katta o‘g‘lim ham ko‘rdi. Ammo otam hech qachon ko‘rmadi”, – degan Ronaldu ITV telekanali uchun bergan intervyusidan olingan parchada.

Ma’lumot o‘rnida, Krishtianu Ronalduning otasi Joze Dinish Aveyru 2005 yilning 7 sentyabr kunida vafot etgan. O‘shanda 20 yoshda bo‘lgan Ronaldu otasining o‘limini Jahon chempionati saralashi yo‘lida Portugaliya hamda Rossiya o‘yini oldidan xabar topadi.

Shu o‘rinda Ronalduning otasi bilan bog‘liq bo‘lgan mashhur bir gapini eslatib o‘tmoqchimiz:

“Etti yoshimda dadamga kelajakda Maykl Jeksonniki kabi uyim bo‘lishini aytdim. Va u bunday uylar faqat boylarda bo‘lishini, men esa faqat tushlarimda ko‘rishim mumkinligini aytdi. Hozir hamma orzularimga erishdim. Ammo otam buni ko‘ra olmaganidan afsusdaman. Biroq bilamanki u meni kuzatib turibdi”.

рейтинг:
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

"Liverpul" klubi tarixi

  • 15 окт, 19:39
  • 0

"Yuventus" klubi tarixi

  • 14 окт, 14:09
  • 0

"Barselona" klubi tarixi

  • 13 окт, 12:55
  • 0

"Real Madrid" klubi tarixi

  • 12 окт, 15:13
  • 0
  • Комментируют
  • Сегодня
  • Читаемое