Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.UZ
P
  • 14:23 – Manba: Messi 2021 yilda «Barselona»dan ketadi 
  • 16:03 – Rasman: Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson jang sanasi ma’lum bo‘ldi 
  • 09:53 – Manba: Ronaldu mavsum so‘nggida «Yuventus»ni tark etadi 

"Paxtakor"ning yangi stadioni, tanadagi yog' miqdori va Babayan hamda Kuperni solishtirish. SHota va Archil Arveladze bilan intervyu

Kirill Altman "YouTube"dagi o'zining Alter Ego kanali uchun "Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze hamda uning ukasi Archil Arveladze bilan intervyu uyushtirdi.
Altman: Qachon birinchi marta O'zbekistonga kelgansiz? Umuman bu erdagi futbolchi muhiti, o'zingizning vazifalaringiz haqida qanday taassurot bo'lgan?

Archil: Aytishim mumkinki, birinchi marta bu erga "Dinamo" (Tbilisi)ning SSSR chempioni bo'lganining 50 yilligiga bag'ishlagan o'yiniga 2014 yilda kelganman. SHunday ekan, menda Toshkent haqida o'sha paytda yaxshi taassurotlar bo'lgan. 2 yil oldin esa menga qo'ng'iroq qilishib bu erdan taklif borligi va bunga munosabatimni so'rashgan, men esa albatta borish kerak dedim. Birinchidan, men qaerga borayotganimni bilar edim, ikkinchidan, taklifni yaxshi bilmay turib qanday rad etish mumkin edi. Bu ham bir "chellenj" edi, chunki boshqa davlat, boshqa hayot, biz 25 yil davomida Evropada yashadik va biz albatta gruzinmiz, nemis emas. Yani yarim osiyolik yarim evropalikmiz. Sobiq ittifoqda yashaganmiz. O'ylab ko'rdik va bu erda o'ylagan hamma narsani amalga oshirib bo'lishini tushundik. Bu mamlakatda iloji yo'q narsaning o'zi yo'q. Bu xalq ajdolari 300 yil dunyoga hukmronlik qilishgan.

Altman: Sizlarni "aka" deb chaqirishlariga o'rganib qoldingizmi?

Archil: Ha, bu yoqimli. Turli davlatlarda ismlarimizni boshqacha aytishadi. Masalan, meni Turkiyada Arcil deb chaqirishgan, Germaniyada esa Arxil. Bu erda esa "aka". Bu erda hammasi soddaroq.

SHota: SHota hamma erda SHota bo'lgan. Aytgancha, meni bu erda SHata deb chaqirishmaydi. Rus tilida "o" harfi "a"ga aylanib ketadi, biroq bu erda SHota deyishadi. Axir ismim SHata emasku.



Altman: Toshkent va Tel-Avivning farqi nimada?

SHota: Tel-Avivda zerikib qolmaysiz. U erning ayollari chiroyli bo'lmasada, ular juda qiziqarli. Tezda sevib qolishingiz mumkin. Ular suhbat davomida qalbingizga yo'l topa olishadi. "Makkabi"ni bir yil boshqardim va qisqa vaqt ichida klub tarixiga kirdim. Jamoani Evropa ligasi guruh bosqichiga olib chiqqan uchinchi murabbiy bo'ldim. CHempionatda ikkinchi bo'ldik.



Altman: O'zbekistonga bormaslikka undagan biror kishi bo'ldimi?

SHota: Yo'q. Lekin televizorda ko'rinmasligimni bilardim. CHunki bu Osiyo va qitada futbol Evropadagi kabi reklama qilinmaydi. Evropada CHempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqsangiz katta muvaffaqiyatga erishgan murabbiy hisoblanasiz. Osiyoda esa bunday emas.

Altman: Evropa va Osiyo futboli o'rtasidagi farq nimada?

SHota: Osiyoda havo juda issiq, keyin tashkilotchilik degan narsalar bor. Bu erda piar va reklamaning o'rni ham bor. Evropada "Arsenal" yoki "Liverpul"ning qanot himoyachisi bizning eng yaxshi futbolchidan qadrliroq. Aslida u bizning o'yinchidan kuchliroq deya olmayman, biroq marketing tufayli shunday. O'zbekistonlik futbolchi "Manchester Siti"da o'ynab ketishi mumkin.

Archil: Bu erda futbolchilar oson yo'llarni tanlashadi. Ular yashash qiyin bo'lmagan, til o'rganishning xojati yo'q chempionatlarni tanlashadi. Evropada esa o'sha mamlakatning tilini o'rganish kerak.



Altman: Nega futbol agentlari o'zbek futbolchilarini kuzatishmaydi?

Archil: Biz o'ynagan vaqtlarda hammamizni rossiyalik futbolchi deyishgan va o'zbek yoki gruzin ekanligimizni bilishmagan. Hozir esa 99% futbolchilar Osiyoda to'p tepishadi va bazilari Rossiyada yaxshi o'ynashgan. Agar 3-4 nafar o'zbek Evropada o'zini ko'rsatsa, tezda kamida 20-25 nafar futbolchi Evropa chempionatlariga ko'chib o'tadi. SHota: 1,5 yil avval O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Xitoyda Osiyo chempioni bo'ldi. O'sha yili Gruziyada 19 yoshgacha bo'lganlar o'rtasida Evropa chempionati o'tkazildi. Biznikilar guruhdan chiqa olmadi, ammo o'sha jamoadagi 22 futbolchi chet elga yo'l olishdi. O'zbekiston yoshlari orasidan esa faqat uch futbolchi - Ashurmatov, Aliboev va SHukurov xorij klubiga o'tishdi.

O'zbekistonlik futbolchilar orzu qilishni boshidan o'rganishlari kerak. Ko'p pul ishlab topish orzusi va dunyoning top klubida o'ynash orzusi o'rtasida farq bor.

Altman: "Paxtakor"ga kelishingizda katta rolni Alisher Usmonov o'ynagan ekan. SHu to'g'rimi?

SHota: Bu mish-mish emas. Hammasi haqiqat. U o'z xalqining iqtidoriga ishonadi. Lekin u bilan yaqin emasmiz. To'g'ri, uchrashganmiz, bayramlarda smslar orqali bir-birimizni qutlab turamiz. Alisher Usmonov bilan "Everton" egasi Farhod Moshiri orqali tanishganmiz.



Altman: Gruzin va o'zbeklar bir-biriga o'xshaydimi?

Archil: Ha, feli va hayot tarzi o'xshab ketadi.



Altman: Eshitishimcha, siz "Paxtakor"ga kelishingizdan avval jamoa futbolchilari o'yindan oldin osh tanovul qilishgan ekan.

SHota: Sportchilarning tanasida o'rtacha 9-10% yog' bo'ladi, "Paxtakor"da esa 16-18%ni tashkil qilgan. Bu xuddi o'yin davomida 12-13 kg.li ryukzak bilan yugurgandek, elkangizdagi ryukzakdan hech qanday foyda yo'q. Bu nafaqat sportchilar, balki oddiy odamlarga ham zarar keltiradi. Hamma narsaning meyori bo'lishi kerak. Osh tanovul qilish mumkin, ammo chegaralangan miqdorda.



Altman: Faoliyatingiz davomida hokimlar ishingizga aralashganmi?

SHota: Hokimlar yo'q, klub prezidentlari "nega u o'ynadi" yoki "nega u o'ynamadi" deb qolishi mumkin. Ispan yoki italiyaliklar so'rab qoladi. Agar rahbar futbolni yaxshi tushunsa, unda murabbiy nega kerak? Gruziya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lgandan, Gruziya prezidenti bo'lish osonroq. CHunki taksichi sizga moliya haqida aql o'rgatmaydi. Murabbiy bo'lsangiz nima qilishni o'rgatadiganlar ko'payib ketadi. O'zbek xalqi futbolni tushunadi, ammo bazida hissiyotlarini jilovlay olmay qoladi.

Altman: Tribunada o'tirib, futbolchi va murabbiylarni so'kadiganlarga javob bergingiz keladimi?

SHota: Ha, gruzinlar g'ururli xalq. Biroq ular kimni so'kishyapti? O'z bolalari, qo'shnisi, qarindoshi yoki vatandoshini. Xatto hayvonot bog'ida hayvonlarga so'kinish mumkin emas. Madaniyat bo'lishi kerak. Stadionlarda futbolchilarga qarata suv idishi yoki tosh otishadi. Bu muxlislar qiladigan ish emas. Tasavvur qiling: Avtobus haydovchisi 5 daqiqaga kechikdi, unga tosh uloqtirasizmi? Yo'q. Futbolchilar uzatmaga kechikishsa, tosh otish kerakmi?



Altman: Aytishlaricha, o'zbek futboli darajasi juda pastligidan bizda xatto futbol agentlari ham yo'q ekan.

SHota: Agentlar bor. Ammo hamma gap futbolchilarda, ular shartlarga juda tez rozi bo'lishadi.

Archil: Afsuski, o'zbekistonlik futbolchilar Turkiya chempionatida yo'q. Turkiyaning madaniyati, tili va udumlari O'zbekistonnikiga yaqin. Bu chempionat tramplin vazifasini ham o'tab beradi.




Altman: Qaysi o'zbek futbolchisi chet elda o'ynab ketishi mumkin?

SHota: Bundaylar ko'p. Hamrobekov, Masharipov, himoyachi va yarim himoyachilarimiz. Terma jamoada ham bor. Yoshlar orasidan Yaxshiboev, Ibragimov, G'aniev, Muhitdinov, Sidiqov, Komilov bor. Aliboev osonlikcha Evropada o'ynashi mumkin edi.



Altman: Eshitishim bo'yicha, Toshkent Siti oldida "Paxtakor Siti" qad rostlashi kerak ekan. Nega hech qanday o'zgarish yo'q?

SHota: Bu loyiha kamida 120 mln. funt turadi. SHu sababli tez amalga oshishi qiyin. Loyiha to'xtab qolgani yo'q. Stadion o'z xarajatlarini qoplashi kerak. Yangi arena borasida yil oxirigacha qaror qabul qilinadi.



Altman: "Paxtakor"ga mashhur futbolchi kelishi mumkinmi?

SHota: Adebayor bilan shartnoma imzolashga yaqin edik, ammo aukcionda turklar g'olib chiqdi. Biroq futbolni yulduzlardan boshlamaslik kerak. "Anji"ni eslang, birinchi yil 300 mln. evro to'lashdi, keyingi yil byudjet 120 mln. evro bo'lganida hamma qochib ketdi. Qani o'sha "Anji"? Agar imkoniyat bo'lganida Levandovskini taklif qilgan bo'lardim. Darvozabon muxlislarga qiziq emas. Grizmann yoki Ibragimovich ham bo'laveradi. Biroq Zlatanni hayron qoldirish qiyin.

Altman: Ektor Kuper va siz O'zbekiston terma jamoasini boshqarishingiz haqida.

SHota: Ektor Kuper faoliyati davomida yuqori darajali jamoalarda ishladi. Uning uslubi himoyaviy deydigan bo'lsangiz, tarkibga etibor bering. Barcha jamoalardagi kabi 4 himoyachi, hujumlarga qo'shiladigan qanot futbolchilari. U tavakkal kamroq bo'lgan uslubni tanladi. SHartnomani oxirigacha kutib, natija bo'yicha qaror chiqarish kerak edi.

Yo'q. Terma jamoani boshqarmayman. Gruziyaga ham yo'q deganman.



Altman: Endi blic (tezkor savol-javoblar).

- Ayni damda O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi



SHota: Masharipov.

Archil: To'g'ri.



- Krishtianu yoki Messi?

SHota: Messi.

Archil: Messi.



- Hayotingizdagi eng muhim gollar.

SHota: Farzandlar dunyoga kelishi.

Archil: Menda 3ta, unda 2ta gol (farzand) bor.

- Gvardiola yoki Klopp?

Archil: Gvardiola.

SHota: Pep.



- Osh yoki lag'mon?

Archil: Osh.

SHota: Osh.



- Babayan yoki Kuper?

Archil: Kuperni ko'proq taniymiz, birga ishlaganman. Babayanga JCHga chiqish uchun 1 ochko etmagan ekan. Kuper esa endi boshlagandi. Bir narsa deyish qiyin.


- O'g'lini futbolchi qilmoqchi bo'lgan ota-onalarga qisqa maslahat.

SHota: Ular bolaga lotereya chiptasidek qarmasliklari lozim. Yani bola muammolarning echimi emas. Ular murabbiy emas doimo ota-ona bo'lishsin.



- O'zbekiston jahon chempionatiga chiqadimi?

Archil: Xudo xohlasa (o'zbekchada).

SHota: Albatta, xudo xohlasa.

рейтинг:
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.