Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.UZ
P
  • 13:36 – Osiyo chempionlar ligasida jamoalar soni oshadi 
  • 00:28 – Eldor Shomurodovdan navbatdagi shedevr! SSKA darvozasiga Messi uslubidagi gol urdi. 
  • 01:14 – Lionel Messi – yilning eng yaxshi futbolchisi 

Gvardiola sizni qiziqtirgan savollarga javob berdi

Dunyoning eng mashxur murabbiylaridan biri sanaladigan Pep Gvardiola yaqinda «Sky Sport» nashri mehmoni bo‘ldi va o‘ziga Google tarmog‘ida eng ko‘p yo‘llangan savollarga javob berib o‘tdi. Bugun ushbu qiziqarli intervyuni e’tiboringizga taqdim etamiz.

Pep Gvardiola qayerda tug‘ilgan?

Men Katoloniya yaqinidagi kichik shaxarchada 1971-yilning 18-noyabr sanasida tavvalud topganman.

Hozirda ota-onangiz o‘sha yerda istiqomat qilishadimi?

Ha onam va otam haligacha o‘sha shaxarchada men o‘sib katta bo‘lgan Katoloniyada istiqomat qilishmoqda.

Pep Gvardiolani futboldan tashqari yana qanday mashg‘ulotlar qiziqtiradi?

Albatta, golf! O‘ylashimcha futboldan ketgach, ushbu sport turi bilan yanada erkinroq mashg‘ul bo‘laman. Hozir ham bo‘sh vaqt topishim bilan ushbu sport turini tomosha qilishni hush ko‘raman.

Gvardiolaning faoliyatidagi eng esda qolarli lahzalar haqida to‘xtalib o‘tsangiz?

Juda qiyin savol bo‘lsada, javob aniq. o‘ylashimcha yoshlar jamoasidan klubning asosiy tarkibiga o‘tkazilgan davrlarim faoliyatimdagi eng yoqimlisi edi. O‘sha paytlar bir necha oygacha bo‘layotgan voqeyalarga ishonolmay yurganman. Har tong uyg‘onib men «Barselona» futbolchisiman degancha uydan mashg‘ulotlar sari yo‘l olar edim. Men ushbu klub safida 11 yil to‘p surdim va «Barselona»ning bir bo‘lagiga aylana oldim deb hisoblayman.

Debyut uchrashuvingiz haqida to‘xtalib o‘tsangiz?

Ilk bor maydonga tushganimda 19 yoshda edim. Ochig‘I juda asabiylashganman. Shuning uchun debyut uchrashuvim haqida eslashni istamayman. Men «Barselona» bilan qo‘lga kiritgan yutuqlarimdan ko‘ra, mashg‘ulotlar va o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun kurash olib borgan davrlarimni hotirlashni yoqtiraman.

Nima uchun Gvardiol «Manchester Siti»ga o‘tib ketdi?

Sababi juda oddiy. Ular meni tanlashdi va menga to‘liq ishonch bildirishdi. Bundan tashqari, «shaxarliklar»ning sport direktori bilan bundan avval «Barselona»da faoliyat olib borganimiz uchun u mening variyantimni rahbariyatga tavsiya qilgan. To‘g‘risi APLga kelishim uchun eng katta turtkini aynan «Man Siti» sport direktori bergan desam, adashmagan bo‘laman.

Gvardiola Instagram ijtimoiy tarmog‘idan foydalanadimi?

Mening ijtimoiy tarmoqlarimning deyarli barchasini yaqinlarim yurgizadi. Shunday bo‘lsada, iloji boricha oilaviy suratlarni joylamaslikka urunaman. To‘g‘risi, mening nima ovqat tanovvul qilayotganimni barchaga ko‘rsatishdan hech qanday naf yo‘q(kuladi)

Demak siz deyarli barcha futbolchilar singari taomnomangizni, yangi liboslaringizni ko‘z-ko‘z qilmaysiz?

Ovqatni barchaga ko‘rsatganingiz bilan u mazaliy bo‘lib qolmaydi.

Nima deb o‘ylaysiz, Pep futbol tarixidagi eng kuchli mutaxassismi?

Albatta yo‘q. Bu haqida gap so‘z ham bo‘lishi mumkin emas. Barcha zamonlarning eng kuchli murabbiyi bo‘lish uchun futbolda inqilob qilish lozim. Misol uchun Yohan Kroyf so‘zimga isbot bo‘la oladi. Aleks Fergusson esa, ortamiyona jamoani super gigantga aylantirishni uddalay oldi. Joze Mourino esa, turli hil sovrinlarni turli hil chempionatlarda qo‘lga kiritgani bilan o‘zgacha.To‘g‘ri, men 11 yil davomida 28 ta musobaqada g‘olib chiqdim, lekin men murabbiylarning kuchini sovrinlarda deb hisoblamayman.

Siz murabbiy sifatida ham futbolchi sifatida ham ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgansiz. Qaysi biri yoqimliroq?

Maydonda to‘p surib chempion bo‘lishning qiymati yo‘q. Bu o‘zgacha hisslar va o‘zgacha quvonch bag‘ishlaydigan hodisa. Siz qanchalar kuchli murabbiy bo‘lmang, maydonda to‘pni sherigingizga uzatganchalik rohatlana olmaysiz. Men hujumchi bo‘lmagan bo‘lsamda, futbolni maydon ichida ko‘proq yoqtiraman. Menimcha murabbiylarning aksariyati futbolchilik faoliyatini davom ettirish uchungina shu yo‘lni tanlaganlar. Siz butsalaringizni mixga ilishingiz bilan yuragingizda qo‘rquv paydo bo‘ladi va futbolni tashlamaslik uchun nimadir qilish kerakligini his etasiz. Chimning hidini, muxlislar olqishini, o‘yinning bosimini juda tez sog‘inib qolasiz. Futbolda qolish uchun esa, faqat ikkita yo‘l bor. Yoki murabbiy bo‘lish, bo‘lmasa, sport direktori sifatida jarayonda qolish lozim. Men o‘z futbolchilarimga “ Men bundan 18 yil avval «Barselona»dan ketgan kunimoq futbolchilik faoliyatimni yakunlamoqchi edim. Sizlar ham o‘zlaringizni qo‘lga oling. Vaqt juda tez o‘tmoqda. Futbolchining faoliyati doimmo tez o‘z yakuniga yetadi. Harakatda bo‘lish lozim”,- deganimda ularning ko‘zlarida o‘zimning yoshlik chog‘larimni ko‘rgandek bo‘laman.
рейтинг:
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
  • Сегодня
  • Популярные
  • Читаемое