Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.UZ
P
  • 13:36 – Osiyo chempionlar ligasida jamoalar soni oshadi 
  • 00:28 – Eldor Shomurodovdan navbatdagi shedevr! SSKA darvozasiga Messi uslubidagi gol urdi. 
  • 01:14 – Lionel Messi – yilning eng yaxshi futbolchisi 

Xayrulla Hamidovning Messi haqidagi fikri qanchalik asosli?

Hanuzgacha Messi va Ronaldu taqqoslanadi. Messining boshqa klublarda o‘ynamagani esa uning Ronaldudan ustun emas, deya baholanishiga sabab bo‘ladi. Ronaldu ayni damda Yevropadagi uchinchi grand jamoada to‘p surmoqda. O‘zining Yevropadagi uchinchi grand jamoasida ham yetakchi. Messida esa bunday o‘tmish yo‘q. Xo‘sh, Messi Yevropaning qaysi jamoalarida o‘ynab keta oladi?

Tezlik. Futbolda tezlik muhim omil hisoblanadi. Tezligi yuqori futbolchi istalgan jamoada, xususan, tezkor futbolga emas, tartibli va sekin futbolga asoslangan jamoalarda ham o‘ynab ketadi. Tezligi past, og‘irkarvon futbolchilar esa tezkor futbol o‘ynaydigan jamoalarga yaramaydi. Lionel Messining tezligi soatgina 35 km atrofida. Bu raqam goh tushib, goh oshib boradi.

Bu shuni anglatadiki, Messi Yevropaning istalgan jamoasida o‘ynab keta oladi. Leo uchun Yevropadagi eng qulay klubi “Manchester Siti” hisoblanadi. Chunki bu klub ayni damda Xosep Gvardiola taktikasi asosida o‘ynamoqda. Tartibli, qisqa paslarga asoslangan, bir xil darajadagi tempga ega futbol. Messi esa ushbu taktikada yakuniy nuqtani qo‘ya oladigan futbolchi hisoblanadi. Leo raqibning pressingidan chiqib keta oladi, tezkor to‘p uzatishlarni ham qoyillatadi, qolaversa, vaziyatlarni kutilmagan zarbalar bilan ham yakunlaydi. Hozirgi “Manchester Siti”ga Messi Aguero yoki Jezus, umuman, istalgan hujumchidan ko‘proq foyda keltirgan bo‘lardi.

“Liverpul”. Agar Messi “qizillar” safiga o‘tadigan bo‘lsa, bu Yurgen Klopp uchun faqat va faqat quvonchli holat bo‘ladi. Sababi shundaki, Messi bilan u jarima zarbalari ustasi, xavfli vaziyatlar yaratish bo‘yicha mukammal ijrochi, maydonni ko‘ra oluvchi aqlli futbolchiga ega bo‘ladi. “Liverpul” tez o‘ynaydi. “Qizillar” safida dangasa yulduzlar yo‘q, hamma o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadi. Agar Messi “Liverpul”ga o‘tsa, Kloppda Saloh — Mane — Messidek ajoyib trio yuzaga keladi. Hayron bo‘lmang, Messi markazda o‘ynashni qoyillatadi. U himoya va darvoza chizig‘idan boshqa istalgan pozisiyada o‘ynab keta oladi.

“Yuventus”. Ayni damda Ronaldu ajoyib o‘ynayotgan “Yuventus”da Messi ham Krishtianudan kam o‘yin ko‘rsatmasdi. Agar Messi Turinga kelsa, Sarri Messi — Iguain — Dibala triosiga ega bo‘lardi. Yoki hozirgi paytda keladigan bo‘lsa Messi — Ronaldu — Dibala triosi bo‘ladi. Messi “Yuventus”ga to‘liq moslashadi, qolaversa, Turin klubiga yangi taktika bilan kirib keladi. Messining tezkor passlari, aqlli o‘yini “Yuventus”ning o‘yinini kuchaytiradi.

“Inter”. Antoni Kontega ayni damda yetishmayotgan futbolchi Messidir, balki. To‘g‘ri, Ikardi ketgach Lukaku va Aleksis Sancheslar jamoaga olib kelindi. Ammo Messining bu futbolchilardan va ayni damda o‘ynayotgan Lautaro Martinesdan ham bitta ustun jihati bor — dribling. Messi raqiblarni birin-ketin ortda qoldirib, markaziy hujumchi uchun ochiq hudud yaratib bera oladi. “Inter”da esa bunday ijrochi yo‘q hozir.

“Bavariya”. Levandovski qatorlashtirib gollar urayotgan hozirgi paytda Myunxen klubiga Messi juda-juda kerak. Nemis futboli Leoga murakkablik tug‘dirmaydi. Messining o‘yin uslubi ham “Bavariya”nikiga mos tushadi. Shundoq ham yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgan nemis klubiga YECHL g‘olibi bo‘lish uchun, balki, aynan Messi yetishmayotgandir...

Dortmundning “Borussiya”si. Agar Messi Bundesligaga o‘tadigan bo‘lsa, u uchun eng qulay ikkinchi variant Dortmundning “Borussiya”sidir. “Borussiya”ga ayni damda hujumlarni samarali yakunlay oladigan futbolchi yetishmayotgani bor gap. Marko Roys kabi iqtidorli yarim himoyachilar o‘ynaydigan jamoaga bitta yetakchi hujumchi kerak. Agar Messi “Borussiya”ga o‘tsa, o‘zini ko‘rsata olishi ehtimoli 90 foizga teng. 10 foiz — omadsizlik va boshqa kichik omillar bo‘lishi mumkin. Lekin katta ehtimol bilan argentinalik forvard yetakchiga aylana oladi.

“PSJ”. Fransiya chempioni safida ham Messi yo‘qolib qolmaydi. Kavanining o‘rnini egallasa, Parij klubida Neymar — Mbappe — Messidek fantastik uchlik yuzaga keladi. Bu esa shunchaki dahshatli hujum uchligi bo‘ladi. Messi “PSJ”da porlashiga shubha yo‘q, sababi bu yerda uning taktikasiga, uning o‘yin uslubiga to‘liq moslashadigan futbolchilar harakat qiladi.

Messining faqat “Barselona”da o‘ynayotgani — bu salbiy jihat emas. Dunyoning eng kuchli klubi sizning ketishingizni istamasa, qolishingiz uchun har nega tayyor bo‘lsa, bu salbiy holat emas-ku! Ronaldu “Real”dan nega ketdi? Chunki Peres kerak paytda uni himoya qilmadi. Buni Ronalduning o‘zi ham ochiq tan oldi. Soliq mojarolari va boshqa muammolarda “Real” Krishtianuga qalqon bo‘lishni istamagan (portugaliyalik futbolchining aytishi bo‘yicha). Agar o‘shanda “Real” futbolchining yonini olib, kerakli tarzda qo‘llay olsa, Ronaldu ketmasligi mumkin edi. Qolaversa, “Real” tarixida jamoadan hurmatsizlarcha ketkazilgan futbolchi faqat Ronaldu emas. “Barselona” esa Messini har jabhada qo‘llab-quvvatlayapti. Soliq mojarolarida ham Bartomeu Messining aybsiz ekanligi aytishdan charchamadi va biz bilgan hamda bilmagan yordamlarni berdi. Qolaversa, juda katta maosh olmoqda Messi. “Barselona” hamon Yevropaning yetakchi klublaridan biri. Mantiqan olib qaralganda, futbolchi ikki omil tufayli jamoasidan ketishi mumkin. Birinchisi, kuchliroq jamoa topilsa. Ikkinchisi, jamoasida nizo yuzaga kelsa. Messida har ikkalasi ham yo‘q. Ayni damda Yevropada “Barselona”dan kuchli deb biror-bir jamoani yaqqol ko‘rsatib bo‘lmaydi, qolaversa, Kataloniya klubi Messining og‘zidan chiqqan narsani muhayyo qilyapti. Endi savol, Messi nega “Barsa”dan ketishi kerak?
рейтинг:
  • Не нравится
  • +1
  • Нравится
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
  • Сегодня
  • Популярные
  • Читаемое