Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.UZ
P
  • 13:36 – Osiyo chempionlar ligasida jamoalar soni oshadi 
  • 00:28 – Eldor Shomurodovdan navbatdagi shedevr! SSKA darvozasiga Messi uslubidagi gol urdi. 
  • 01:14 – Lionel Messi – yilning eng yaxshi futbolchisi 

CHeran borasida qo'ng'iroq, terma jamoada o'ynashi mumkin bo'lgan Golban va Qirg'izistonga qarshi o'yin nega ko'rsatilmasligi haqida - Vadim Abramov

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov bugungi mashg'ulotlardan keyin saytimiz muxbirining bazi savollariga javob qaytardi.
Murabbiy dastlab tayyorgarlik haqida so'zladi:
"Ishchan kayfiyatda mashg'ulotlar o'tkazilmoqda. Qirg'iziston bilan nazorat bahsi, keyin esa Saudiya Arabistoni hamda Falastinga qarshi saralash bosqichi doirasidagi muhim o'yinlar kutmoqda. Biz mazkur muhim bellashuvlarga tayyorgarlik ko'ryapmiz", - dedi Vadim Abramov.
- Qirg'izistonga qarshi nazorat o'yini translyaciya qilinmasligi aytilmoqda. Bu esa sizning tashabbusingiz bilan amalga oshirilayotgan ekan, shu rostmi?
- SHunday. Saudiya Arabistoni biz ularga qarshi qanday tayyorgarlik ko'rayotganimizni tomosha qilishlari shart emas. Qanday tayyorgarlik ko'rayotganimiz raqibga o'ziga xos syurpriz bo'laqolsin. O'yin ochiq bo'ladi. Yaxshisi muxlislar stadionga kelib futbol tomosha qilishsin. O'zbekiston terma jamoasini stadiondan turib qo'llab-quvvatlashsin. 

- Yaqinda Stanislav CHerchesov unga telefon orqali bir muxlis nega Rossiya terma jamoasiga premer liga to'purari SHomurodovni chaqirmayotganini so'rab to'polon qilganini aytdi. Qiziq, sizga CHeranni nega terma jamoaga chaqirmayapsiz deb hech kim sim qoqib, to'polon qilishga ulgurmadimi?
- Afsuski bu borada menga hech bir muxlis qo'ng'iroq qilgani yo'q. Men ham CHeran borasida qo'ng'iroqni kutyapman. (kuladi) 
- Yurtimizda barqaror to'p tepayotgan Igor Golban kelasi yili O'zbekiston pasportini olishi mumkin ekan. Agarda bu ruy bersa, unda Golbanning terma jamoamizda o'ynash imkoniyati paydo bo'ladimi? Sizga ushbu himoyachi maqulmi?
- Albatta. Aslida Golbanni men O'zbekistonga taklif qilganman. Malum vaqt Golban "Lokomotiv"da shug'ullangan va keyinchalik men uni "Qo'qon-1912"ga taklif qilgandim. Ajoyib himoyachi. Unda O'zbekiston terma jamoasida o'ynash imkoniyati paydo bo'ladi. SHaxsan menga uning harakatlari yoqadi.
рейтинг:
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
  • Сегодня
  • Популярные
  • Читаемое