Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.UZ
P
  • 13:36 – Osiyo chempionlar ligasida jamoalar soni oshadi 
  • 00:28 – Eldor Shomurodovdan navbatdagi shedevr! SSKA darvozasiga Messi uslubidagi gol urdi. 
  • 01:14 – Lionel Messi – yilning eng yaxshi futbolchisi 

"Milan" klubi tarixi

Bugun siz bilan Italiya shimolidagi, Lombardiya viloyati markazi Milan shahrining shu nom bilan ataluvchi va "qadimiy" tarixiga ega bo'lgan afsonaviy "Qizil qoralar" haqida suhbat quramiz.

Milan. Ko'pchilik insonlar shahar nomini eshitishlari bilan birinchi galda ko'z oldilarida moda haftaliklari, shahardagi ko'rkam binolar, tarixiy ko'priklar va albatta ikki mashhur futbol klublari gavdalanadi. Ulardan biri "Milan" klubidir. Jamoaning o'ziga xos shonli davri va yutuqlari siz aziz muxlislarni befarq qoldirmaydi.

"Rossonerlar" futbol tarixi va statistikasigadagi malumotlarga ko'ra XX asrning eng kuchli klublari ettitaligidan joy olgan. Italiyaning 18 karra chempioni, xalqaro maydonlarda arzigulik g'alabalarga erisha olgan hamda klubning buyuk tarixi bilan o'z muxlislarini faxrlantira oladigan afsonaviy jamoa. 120 yillik faoliyati davomida nafaqat shahar aholisi balki butun dunyodagi muxlislariga cheksiz quvonch ulashgan va mehrini qozona olgan jamoadir.
"Milan"ning 1901 yilgi tarkibi.


Klubning yutuqlari:

Italiya chempioni: (18 marta)
1901, 1906, 1907, 1951, 1955, 1957, 1959, 1962, 1968, 1979, 1988, 1992, 1993, 1994, 1996, 1999, 2004, 2011 yillardagi mavsum.
Italiya kubogi sohibi: (5 marta)
1967, 1972, 1973, 1977, 2003 yillardagi mavsum.
Italiya superkubogi sohibi: (7 marta)
1988, 1992, 1993, 1994, 2004, 2011, 2016 yillardagi mavsum.
UEFA chempionlar ligasi g'olibi: (7 marta)
1963, 1969, 1989, 1990, 1994, 2003, 2007 yillardagi mavsum.
Kubogi egalari kubolgi sohibi: (2 marta)
1968, 1973 yillardagi mavsum.
UEFA superkubogi sohibi: (5 marta)
1989, 1990, 1994, 2003, 2007 yillardagi mavsum.
Klublar o'rtasida jahon chempioni: (1 marta)
2007 yildagi mavsum.
Qitalaraor kubok sohibi: (3 marta)
1969, 1989, 1990 yillardagi mavsum.

80 yillardagi "Milan"

Klub tarixi

"Qizil qoralar"ga 1899 yili Buyuk britaniyalik Alfred Edvars tomonidan asos solingan. XIX asrning so'nggi o'n yilligida jamoa asosan havaskor maqomida faoliyat olib borgan. Klub o'zining birinchi rasmiy o'inini 1900 yil 15 aprelda "Torineze" jamoasiga qarshi o'tkazgan. Oradan bir yil o'tib esa Italiya chempionligini qo'lga kiritgan va mamlakat futbol tarixida yangi sahifa ochishga erishgan. SHundan so'ng, jamoa chempionlik maqomiga yana 1906 va 1907 yildagi mavsumlarda ega chiqdi. Ammo, shahar aholisi keyingi chempionlik maqomini yana roppa-rosa 44 yil kutishlariga to'g'ri keldi. O'sha paytlari jamoaning chempionatdagi ashaddiy raqiblari "Jenoa", "Pro Verchelli" va "Yuventus" klublari edi. Mazkur klublar XX asrning dastlabki choragidagi mavsumlarda "Milan"ga jiddiy bosh og'rig'i vazifasini o'tagan. Ayniqsa, "Pro Verchelli" klubining A seriyadagi gegemonligi ortidan milanliklarning chempionlik orzulari bir necha o'n yillarga cho'zilgan edi. 1951 yilgi mavsumga kelib jamoada ijobiy islohotlar bo'ldi. Klub prezidenti Umberto Trabattonining say- harakatlari evaziga navbatdagi "Skudetto" qo'lga kiritildi. Bu g'alabada jamoa sardori Andrea Bonomining ham xizmatlari beqiyos edi. "Rossonerlar" Evropa maydonlarida dastlabki yutuqlarini 1963 yilga kelibgina qo'lga kiritishdi. Mazkur yilda jamoa nufuzi jihatidan ko'hna qitada eng oliy o'rinda turuvchi turnir - Evropa chempionlar kubogi (hozirgi CHempionlar ligasi)da tengsiz ekanliklarini isbotlashdi. SHuningdek, 1967 yilgi mavsumda klub birinchi bor Italiya kubogida g'oliblikni qo'lga kiritdi va bu natijalar tepasida o'sha paytdagi klub prezidenti Franko Kararoning xizmatlari beqiyosdir. "Milan"ning eng yorqin g'alabali yillaridan biri sifatida esa 1988/89 yilgi mavsumlarni misol qilib keltirishimiz mumkin. O'sha davrlarda Italiya chempionligi va superkubogida zafar quchishlari bilan birga, jamoa xalqaro maydonda uzoq 30 yil kutilgan CHempionlar ligasi g'olibligini yana bir bor tantana qilishdi. Arrigo Sakki boshchiligida jamoa Barselonada bo'lib o'tgan final bellashuvida Ruminiyaning "Styaua" klubiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va "qizil-qoralar"ning gollandiyalik yulduzlari R.Gullit va M.Van Bastenlarning dubli evaziga yakunda javobsiz to'rtta to'p kiritishdi.
O'sha davrlarda Italiya chempionligi va superkubogida zafar quchishlari bilan birga, jamoa xalqaro maydonda uzoq 30 yil kutilgan CHempionlar ligasi g'olibligini yana bir bor tantana qilishdi. Arrigo Sakki boshchiligida jamoa Barselonada bo'lib o'tgan final bellashuvida Ruminiyaning "Styaua" klubiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va "qizil-qoralar"ning gollandiyalik yulduzlari R.Gullit va M.Van Bastenlarning dubli evaziga yakunda javobsiz to'rtta to'p kiritishdi. 1988/89 yilgi mavsumdagi tarkib.


Yangi era, yangi asr, yangi murabbiy va yangi yutuqlar

Darhaqiqat, yangi asr ibtidosi milanliklarning katta yutuqlari bilan eslanadi. Mazkur g'alabalarda klub bosh murabbiyligiga olib kelingan Karlo Anchelottining hissasi beqiyos bo'ldi deb aytish mumkin. Ushbu murabbiy qo'l ostida yangi asrning dastlabki o'n yilligida maqtashga arzigulik natijalarga erishildi. Jumladan, bir necha bor "A seriya"da "Skudetto"ning qo'lga kiritilishi, mamlakat kubogi va superkubogidagi g'alabalar, UEFA CHempionlar ligasi va superkubogi g'olibligi hamda klublar o'rtasidagi Jahon chempionligi bunga misol bo'la oladi. 2003 yil Evropa CHempionlar ligasi finaliga qadar bo'lgan mardonavor yo'l bosib o'tildi. Raqib ichki chempionatdagi azaliy "dushman" – Yuventus edi. Manchesterda bo'lib o'tgan final bahsi ikki italyan jamoalarining haqiqiy "jangi"ga aylanib ketdi. Mamlakat chempionligi o'sha yili "Yuventus"ga nasib etgan bo'lsa, kubok bahslarida "Milan" g'alaba qozongan edi. Final bahsi murosasiz bo'lib o'tdi. Asosiy vaqtda g'olib aniqlanmadi va "lotoreyalar bahsi"da Andrey SHevchenkoning hal qiluvchi zarbasi evaziga "Keksa sinora" ustidan g'alabaga erishildi. O'sha yilning avgust oyida bo'lib o'tgan Evropa superkubogida ham "SHeva" tomonidan urilgan yagona gol hisobiga Joze Mourinyu boshchiligidagi "Portu" klubi ustidan g'oliblik qo'lga kiritildi. 2004 yilda jamoa o'zining "A seriya"dagi o'n ettinchi chempionligiga erishgan bo'lsa, oradan bir yil o'tib yana bir bor Evropa CHempionlar ligasi finaliga chiqishdi. Istambul finalida "Liverpul" bilan bahsning birinchi bo'limida milanliklar 3:0 hisobida oldinda borib ham yakunda muvozanatni ushlab tura olishmadi. Stiven Jerrard sardorligidagi jamoa haqiqiy "britancha xarakter" ko'rsata oldi. 
Mersisaydliklar nafaqat hisobni tenglashtirishdi, balki penaltilar seriyasida Eji Dudekning mahorati evaziga g'alabani ilib ketishdi. SHevchenko bu safar 11 metrlik nuqtada adashdi. Oradan ikki yil o'tib taqdirning taqozosi bilan ushbu ikki jamoa yana CHempionlar ligasi finaliga qadar etib kelishdi. Bu safar Afinada saf tortgan jamoalarning tarkibi va maqsadlari deyarli ikki yil oldingi ko'rinishdagidek edi. Liverpulliklar o'zlarining ECHLdagi oltinchi sovrini uchun, milanliklar esa roppa-rosa 24 oy oldingi Istambul finali uchun "o'ch" olish maqsadida maydonga tushishdi. Qasos qiyomatga qolmadi. Indzagining dubli evaziga "qizil-qoralar" g'alaba nashidasini surishib, "shalpangquloq" kubokni boshlari uzra baland ko'tarishdi. Ushbu g'alaba klubning CHempionlar ligasidagi hozircha so'nggi yutug'i bo'lib qolmoqda. 2007 yilgi mavsumda milanliklar o'z muzeylariga yana bir sovrinni qo'shib qo'yishdi. "Kunchiqar yurt" maydonlarida bo'lib o'tgan klublar o'rtasidagi Jaxon chempionati finalida Argentinaning "Boka Xuniors" klubi mag'lub etildi.
ECHL 2007 mavsumdagi g'alaba - "o'shal damlar, o'shal damlar"


Klub afsonalari

Klub tarixidagi eng ko'p gol urgan futbolchi:
Gunnar Nordal (221 ta gol) 1949-1956 yildagi mavsumlarda.
Klub tarixidagi eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi:
Paolo Maldini (902 ta o'yin) 1984-2009 yildagi mavsumlarda.
Klub tarixidagi eng ko'p sardorlik qilgan futbolchi:
Paolo Maldini (12 mavsum) 1997-2009 yildagi mavsumlarda.
Klub tarixidagi eng uzoq rahbarlik qilgan jamoa prezidenti:
Silmvio Berluskoni (27 mavsum) (1986—2004, 2006—2008, 2012—2017) yildagi mavsumlarda.
Klub safida "Oltin to'p” sohibi bo'lgan futbolchilar:
Janni Rivera 1969 yildagi mavsumda.
Ruud Gullit 1987 yildagi mavsumda.
Marko van Basten 1988, 1989, 1992 yilgi mavsumlarda.
Jorj Vea 1995 yildagi mavsumda.
Andrey SHevchenko 2004 yildagi mavsumda.
Kaka 2007 yilgi mavsumda.Klub afsonasi Paolo Maldini


Italiya futboli "etalon"i, UEFA tomonidan tashkil etiladigan barcha musobaqalar g'olibi, klublar o'rtasida Jahon chempioni va muxlislari ardog'idagi jamoa so'zsiz "Milan"dir. Dunyoning barcha burchaklarida jamoaning muxlislari topiladi. Ularning qalbida o'sha Maldini va Nestalarning himoyadagi o'yinlari, Rivera hamda Kaka singari yulduzlarning "fint"lari, Gattuzoning "vaxshiyliklari", shu bilan birga SHevchenko va van Bastenning hujumdagi gollari joy olgan. Siz ham qachondir bu jamoaning o'yinlarini zavqlanib ko'rmaganman demang! Bu o'sha yoshligimizda biz bilan "katta" bo'lgan va dunyoni lol qoldirgan - "Milan".
рейтинг:
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
  • Сегодня
  • Популярные
  • Читаемое