Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.UZ
P
  • 13:36 – Osiyo chempionlar ligasida jamoalar soni oshadi 
  • 00:28 – Eldor Shomurodovdan navbatdagi shedevr! SSKA darvozasiga Messi uslubidagi gol urdi. 
  • 01:14 – Lionel Messi – yilning eng yaxshi futbolchisi 

"Manchester Yunayted" tarixi

Tashkil topishi

Klub 1878 yilda «Nyuton Xit (Lankashir end Yorkshir Reyluey)» nomi bilan Manchesterlik ishchi-temiryo‘lchilar tomonidan tashkil qilingan. Klub formasi yashil va tillarang ranglardan iborat edi. 15 yil davomida yarim xaroba “Nort Roud” stadionida o‘ynadi, so‘ng 1893 yil Kleytondagi “Benk Strit” staioniga ko‘chib o‘tdi. Undan bir yil avval Futbol ligasida ishtirok etib, temiryo‘l qaramog‘idan chiqdi va mustaqil faoliyat ko‘rsata boshladi. 1902 yil klub 2500 funt qarzi bilan bankrotlik holatiga kelib qoldi. “Benk Strit” stadioni ham jamoa uchun sud tomonidan yopib qo‘yildi. Klubni pivo zavodi rahbari Jon Genri Deyvis bankrotlikdan o‘sha paytdagi katta investisiya kiritib qutqarib qoldi. 1902 yildan boshlab klub nomini “Manchester Yunayted” deb o‘zgartirdi va libos rangini qizil va oqqa almashtirdi.

1907/08 mavsumda o‘zining birinchi sovrini – chempionlikni qo‘lga kiritdi. 1908 yilda tarixda birinchi marta Angliya kubogini qo‘lga kiritdi. 1910 yil o‘zining yangi “Old Trafford” stadioniga ko‘chib o‘tdi.

 

RIVOJLANISH DAVRI

Mets Basbi davri (1945-69)

1945 yilda “Yunayted” bosh murabiyi etib Mett Basbi tayinlanadi. U va yordamchisi Jimmi Merfi bilan birgalikda chempionatda qatorasiga uch yil 1946/47, 47/48, 48/49 mavsumda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritadi. 1948 yilda Angliya kubogini qo‘lga kiritadi. 1951/52 mavsumda 41 yil tanaffusdan so‘ng yana chempionlikka erishadi. 1956/57 mavsumda yana chempionliki o‘lga kiritib, Angliya kubogi finaligacha boradi. O‘sha mavsum Yevropa chempionlari kubogi yarimfinaligacha boradi va yevrokuboklarda ishtirok etgan birinchi Angliya klubiga aylanadi.

 

Halokat

1957/58 mavsumning Chempionlar kubogida “Srvena Zvezda” bilan o‘yindan so‘ng Belgraddan qaytib kelyotgan jamoa aviahalokatga uchraydi. Bu 1958 yilning 6 fevralida sodir bo‘lgan edi. Aviahalokat sakkiz futbolchi Jeff Benta, Rojer Berna, Eddi Kolman, Dunkan Edvards, Mark Jona, Devid Pegg, Tommi Teylor va Liam Uilan kabi futbolchilarning hayotini olib ketadi. Met Basbi og‘ir jarohat oladi, ammo tirik qoldai va uch oydan so‘ng yana ishga qaytadi. O‘sha yili yetakchilaridan ayrilganiga qaramay, ko‘pchilikni ajablantirib Angliya kubogi finaigacha yetib boradi, finalda “Bolton”ga yutqazadi. Mavsum so‘ngida UYEFA Angliya futbol assosiasiyasiga YECHK musobaqasida Angliya nomidan “Vulverhempton” bilan birga halok bo‘lganlarning xotirasi sabab “MYu”ni ham qatnashishini taklif qiladi. Ammo AFA buni inkor qiladi.

60-yillarning boshida Mett Basbi jamoani boshqatdan shakllantiradi, tarkibga Denis Lou, Pet Krerand kabi futbolchilarni taklif qilish bilan birgalikda yosh o‘yinchilarni tarbiyalab boradi. Ulardan eng iqtidorlisi Belfastlik Jorj Best bo‘lgan edi.

“Yunayted” 1968 yil Yevropa chempionlari kubogi musobaqasida finalgacha yetib boradi va finalda “Benfika”ni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratadi. Bu Angliya klublarining ushbu musobaqadagi birinchi muvaffaqqiyati edi. Jaomaning ushbu tarkibidan uch futbolchi: Bobbi Charlton, Denis Lou va Jorj Best “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritganlar. 1969 yilda Mett Basbi klubni tark etadi.

 

1969-86

Basbidan so‘ng Uilf Makginnes bosh murabbiylikka o‘tiradi. Klub o‘sha yili uning boshchiligida 8- o‘rinni egallaydi. Undan keyingi mavsumda jamoa tanazzulga uchraydi va Makkginnes iste’foga chiqariladi. Mett Basbi vaqtinchalik jamoani boshqarishga rozi bo‘ladi, ammo olti oy o‘tib u klubni butunlay tark etadi.

1972 yil jamoaga Tommi Doxerti bosh murabbiy bo‘lib keladi va klubni ikkiinchi divizionga tushib ketishan saqlab qoladi. Ammo kelasi mavsum baribir “MYu” ikkinchi divizionga tushib ketadi. 1974/75 mavsumda Birinchi divizionga qaytadi.

1986 yil noyabrida klub yana Birinchi diviziondan tushib ketish xavfida qoladi va bosh murabbiy Atkinson iste’foga chiqarilib shotlandiyalik mutaxassis Aleks Fergyuson taklif etiladi.


Fergyuson davri (1986-2013)

Bu davrda “MYu” eng ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Fergyuson rahbarligida 27 yirik sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Angliya halqi oldidagi xizmatlari uchun Fergyusonga 1999 yil Angliya qirolichasi Yelizaveta II tomonidan risarlik unvoni beriladi. Uning qo‘l ostida jamoa 11 marta Angliya chempionligini, 5 marta Angliya kubogi, 3 marta ANgliya ligasi kubogi, 1 martadan Kubok egalari kubogi va UYEFA superkubogi, 2 marta Qit’alararo kubok va 2 marta Chempionlar ligasi g‘olibligi qo‘lga kiritildi.

Klub dizayni haqida

Newton Heath paytida, klub formasining ranglari sariq va yashil edi. Bu chiziq 1990-yilga kelib, klubning 100 yilligiga nishona tarzida, formaning komplektiga qo'shilgan. MYU ning eng nomdor uy formasi qizil futbolka, oq shorti va qora paypoq hisoblanadi. Mehmondagi kiyimi odatda oq futbolka, qora shorti va oq paypoqdir. Klubning uchinchi, butunlay ko'k rangdagi kiyimi ham mavjud, lekin klub shuningdek, butunlay qora rangdagi kiyimini ham ishlatadi. Ammo 1995-96-yilgi mavsum davomida bir marotaba kulrang kiyim kiygan. Bu kiyimini kiyib, MU g'alabaga erisha olmagach, klub mazkur rangdagi kiyimdan voz kechgan. Southamptonga qarshi o'yinda birinchi taymning o'zidayoq MU 3-0 hisobida ortda qolayotgan edi, ammo ko'k va oq rangli kiyimga almashtirishgandan so'ng, yakuniy hisob 3-1 bo'ldi. O'yinchilarning fikricha, kulrangdagi kiyim ko'rimsiz bo'lgan, va o'ziga yarasha omadsiz natijalarga yetaklagan. Hozirgi paytda ularning futbolkalarida bosh homiy AON va Nikening ramzlari oq rangda ifodalangan. Kiyimning old yuqori chap qismida Manchester Unitedning ramzi, o'ng qismida Nike savdo belgisi va past chap qismida esa, "The Red Devils" (Qizil Iblislar) yozuvi joylashtirilgan. Orqa qismida o'yinchining ismi va raqami oq rangda va qora chiziq bilan o'ralgan. Raqamning tepa va past qismida "qizil iblis" ramzi va "MUFC" so'zi oq rangda va qora rangli chiziqda yuritilgan. Shorti oq va qora rangda, getr esa faqat qora rangdan iborat. Kiyim maxsus Nike Dri-FIT materialidan ishlangan bo'lib, u o'yinchilar uchun juda ham qulaydir. Havoni yaxshi o'tkazadi va bu o'yinchilar o'zlarini yaxshi his qilishlariga zamin yaratadi. Klub ushbu kiyimini ilk bor 2007/08-mavsum oldi "Urava Red Daymonds" klubi bilan bo'lgan o'rtoqlik uchrashuvida kiyib chiqdi. Manchester Unitedning ramziga bir necha marotaba o'zgartirishlar kiritilgan, ammo ohirgi shakli bugungi kundagidek. Ramz Manchester shahrining emblemasidan kelib chiqqan. Ramzdagi Iblis ifodasi klubning "Qizil Iblislar " tahallusidan olinga. Mazkur ramz fikri 60-yillardan keyin Sir Matt Busby tomonidan ilgari surilgan. 1960-yillarning ohirida iblis siymosi klubning dasturiga kiritiladi va faqatgina 1970-yillarga kelib MU ramziga kiritilgan.1998-yilda ramz qaytatdan loyihalashtirildi.

Hozirgi davr

Fergyusondan keyin uning o‘rniga 2013 yil yana bir shotlandiyalik mutaxassis Devid Moyes bosh murabbiy etib tayinlandi. Ammo muvaffaqiyatsiz mavsumdan so‘ng o‘rnini golland mutaxassisi Lui Van Galga bo‘shatib berdi.

Klub tarkibi:
Darvozabonlar: De Xea, Romero, Grant

Himoyachilar: Dalot, Jons, Yang, SHou, Bayi, Smolling

Yarim himoyachilar: Matich, MakTominay, Errera, Mata, Pogba

Hujumchilar: CHong, Lukaku, Reshford, Lingard, Sanches, Marsyal.

Klub erishgan yutuqlar:

Кубок Лиги (4 раза)
1992 - победа над "Ноттингем Форест" 1-0
2006 - победа над "Уиган Атлетик" 4- 0
2009 - победа над "Тоттенхэм" 0- 0 (по пенальти 4-1)
2010 - победа над "Астон Вилла" 1- 2

Лига Чемпионов (3 раза)
1968 - победа над "Бенфика" 4-1
1999 - победа над "Бавария" 2-1
2008 - победа над "Челси" 1-1 (пен.6-5)

Лига Европы:
2017 - победа над "Аякс"

Кубок Кубков
1991 - победа над "Барселона" 2-1

Супер кубок Европы
1991 - победа над "Црвена Звезда" 1-0

Межконтинентальный кубок
1999 - победа над "Палмейрас" 1-0

Клубный Чемпионат Мира
2008 - победа над "ЛДУ" 1-0
рейтинг:
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
  • Сегодня
  • Популярные
  • Читаемое