Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.UZ
P
  • 13:36 – Osiyo chempionlar ligasida jamoalar soni oshadi 
  • 00:28 – Eldor Shomurodovdan navbatdagi shedevr! SSKA darvozasiga Messi uslubidagi gol urdi. 
  • 01:14 – Lionel Messi – yilning eng yaxshi futbolchisi 

"Bavariya" klubi tarixi


Tashkil topishi
Shaharda tashkil qilingan birinchi futbol klubi hozirda ham faoliyat ko‘rsatayotgan “Myunxen 1860” bo‘ladi. Bu 1860 yili tashkil qilingan gimnastika klubi bo‘lib, keyinroq, 1899 yilda futbol seksiyasini ochadi. “Bavariya” esa keyinroq, 1900 yilning 27 fevralida, Nemis Futbol Ittifoqi (DFB) tashkil qilinganidan bir oy o‘tib ochilgan. MTV-1879 gimnastika klubi futbol seksiyasi yig‘ilishida gimnastikachilar qaramog‘ida qolish yoki mustaqil hayot kechirish masalasi o‘rtaga qo‘yiladi. Natijada Berlinlik Frans Yon boshchiligida 11 kishi yig‘ilish o‘tayotgan “Gizel” qovoqxonasini tark etadi va Germaniyaning bir qismi bo‘lgan yer - “Bayern” nomi sharafiga futbol klubi tashkil qiladilar. Sobif ittifoq xududida bu nom lotincha nom bilan ataladi - “Bavariya”.
Birinchi prezident etib, Frans Yon tayinlanadi, birinchi sardor, shu bilan birga o‘ynovchi murabbiy Paul Franke bo‘ladi.
“Bavariya” o‘zining birinchi mashg‘ulot uchrashuvini “Birinchi Myunxen” klubi bilan o‘tkazadi va 5:2 hisobida g‘alaba qozonadi.
Ammo Pragada o‘tkazgan birinchi halqaro o‘yinda DFK klubiga 0:8 g‘isobida yutqazib qo‘yadi. Shundan so‘ng a’zolik badalini 3dan 40 markagacha oshirishga qaror qilinadi. Bu klub byudjetiga yaxshi ta’sir qiladi va birinchi legioner – gollandiyalik Villem Xessellink taklif qilinadi, u bir yo‘la murabbiylik ham qiladi. Bu narsa ko‘plab myunxenlikliklarga yoqmaydi. “Myunxen 1860” shaharning eng mashhur klubi bo‘lib qolaveradi.
“Bavariya” Birinchi jahon urushigacha futbol modasi asoschi bo‘lib keladi, jumladan, birinchi bo‘lib angliyalik haqiqiy murabbiy Tomas Teylor olib kelinadi. Germaniya terma jamoasi safida o‘ynagan birinchi “bavariyalik” Maks Gablonski bo‘ladi, keyinchalik unga darvozabon Lyudvig Xofmayster va hujumchi Fris Fyurst qo‘shiladi. Ammo Myunxn tashqarisidagi g‘alabalarni uzoq kutishga to‘g‘ri keldi.
Germaniya chempionati Bundesliga tashkil qilingunga qadar ko‘p bosqichli bo‘lgan. Bavariya klublari avval Bavariya chempionatida g‘olib chiqib, keyin Janubiy Germaniya birinchiligida o‘ynashlri kerak bo‘lgan va shundan so‘ng Umumnemis chempionati chorak finalida qatnashishlari mumkin bo‘lgan.
1924 yil “Bavariya” Gimnastika ittifoqi bilan xayrlashadi – aynan shundan so‘ng hoo‘irgi ko‘rinishda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Birinchi yutuqlar (1925-1932)
Klub birinchi yutuqni 1925/26 mavsumda qo‘lga kiritadi. “Bavariya” Janubiy hudud musobaqasida g‘olib chiqadi, ammo Germaniya chempionligi uchun kurashda Leypsigning “Fortuna”siga imkoniyatni boy beradi. Haqiqiy g‘alaba 1932 yil keladi, Germaniya chempionati finalida “Ayntraxt” 2:0 hisobida mag‘lub etiladi. Germani hokimiyatiga milliy-sosialistlar kelganidan so‘ng, “Bavariya” g‘alaba qozonmay qo‘ydi, klub prezidenti Landauer va muraabbiy Rixard Dombi (Vengriyalik yahudiy) Gestapo ta’qibi ostida mamlakatni tark etadi. Birinchi rolga Adolf Gitlerning sevimli jamoasi “Shalke 04” chiqadi.

Oltin davr (1963-1973)
“Bavariya” 1963 yil tashkil topgan Bundesligaga daroov tushib qolmadi. 1963 yil klub prezidenti etib Vilgelm Noydekker saylanadi. Noydekker bosh murabbiylikka bir yil avval “Kyoln”nni chempionlikka olib kelgan yugoslaviyalik Zlatko Chaykovskiyni taklif qiladi. Jamoa kuch yig‘a boshlaydi va tarkibida Zepp Mayer va Frans Bekkenbauer o‘ynay boshlaydi, 1964 yildan “Nordlingen”dan Gerd Myuller keladi.
1963 yil “Bavariya” nihoyat Bundesligaga chiqadi va birinchi mavsumda uchinchi o‘rinni egallaydi hamda mamlakat Kubogini qo‘lga kiritadi. Bu ularga Kubok egalari kubogida qatnashishga yo‘l ochar edi. Bu yurish ham omadli keldi: 1967 yilning 31 may kuni Nyurnbergda o‘tkazilgan finalda “Bavariya” 70 ming muxlis qarshisida shotlandiyaning “Reynjers” jamoasini mag‘lub etadi. Yagona golni o‘yin tugashiga ikki daqiqa qolganida 21 yoshli Frans Rot kiritadi. Rot 60-yillar “Bavariya”sining afsonasiga aylangan edi.
1974 yil “Bavariya” uchun g‘alabali keldi. Chempionlar kubogi finalida Madridning “Atletiko”si bilan duch keladi. Asosiy vaqt 0:0 hisobida tugaydi, qo‘shib berilgan yarim soatlikda ispanlar gol uradilar. “Atletko” muxlislari tantanani boshlab yuboorgan vaqtda, final hushtagi chalinishiga 7 sekund qolganda Georg Shvarsenberg uzoq masofadan zarba berib gol uradi va “Bavariya”ni saqlab qoladi. U vaqtdagi reglamentda penaltilar seriyasi bo‘lmagan va ertasi kuni qayta o‘tkazilgan o‘yinda “Bavariya” ispanlarni tor-mor etdi – 4:0.


FK “Gollivud” (1979- 1998)
80-yillar ko‘plab kadr almashtirishlar va moliyaviy muammolar sababli bioz “quruq” kelgan. Bu “Bavariya”ga superklub saviyasida o‘ynashga halaqit bergan. Klub Udo Lattek (1983-87) davrida muvaffaqqiyatli o‘yin ko‘rsatgan. 1982, 1984 va 1986 yillarda Germaniya kubogi, 1980/81, 1984/85, 1985/86, 1986/87, 1988/89, 1989/90 mavsumlarda Germaniya chempionligi qo‘lga kiritilgan. Yevropa maydonlarida 1981-82 va 1986-87 mavsumlarda chempionlar ligasi finalidan boshqa yutuqqa erisha olmagan.
1994 yil jamoaga Frans Bekkenbauer keladi va o‘sha yiliyoq Germaniya chempionligi qo‘lga kiritildi. O‘sha yili Bekkenbauer klub prezidenti etib tayinlanadi, undan keyin kelgan murabbiylar Jovanni Trapattoni va Otto Rekxagel ishonchni oqlashmadi. 1996 yil Bekkenbauer yana murabbiylikka qaytadi va jamoani UYEFA kubogida g‘alabaga olib keladi.

Klub emblemasi tarixi


Yangi g‘alabalar
“Bavariya” 1998 yil Dortmundning “Borussiya” klubi bosh murabbiyi Otmar Xitsfeldni o‘ziga avraydi. Xitsfeld bungacha olti yil ichida “Borussiya” bilan ikki marta Germaniya chempioni bo‘lgan va 1997 yil chempionlar ligasida g‘alaba qozongan edi. “Bavariya” yangi murabbiy bilan darhol muvaffaqqitga erishadi: 1998/99 mavsumda Germaniya chempionligi va chempionlar ligasi finali. Finalda “Manchester Yunayted”ga dramatik tarzda mag‘lub bo‘ladi. 1:0 g‘isobda oldinda borayotgan nemislar, oxirgi daqiqada ikki gol o‘tkazib yuboradi.
2001 yil chempionlar ligasi pley-offida “Manchester Yunayted”dan o‘ch olinadi, o‘sha paytdagi vropani eng kuchli klabi “Real” mag‘lub etiladi. Finalda “Valensiya” penaltilar seriyasian so‘ng mag‘lub etiladi. Keyin pasayish ro‘y beradi va 2004 yil Otmar Xitsfeld klubni tark etadi.
Klub Feoiks Magat qo‘l ostida 2005 va 2006 yillarda Germaniya “dubl”iga erishadi, ham chmpionlik, ham Kubok. Ammo Magat yetakchi o‘yinchilar bilan kelisha olmaydi va yana Otmar Xitsfeld rulga o‘tiradi. 2006/07 mavsumda Bundesligada to‘rtinchi o‘rin va Yevropa maydonida ham omadsizlik. “Bavariya”ning o‘yinini zerikarli va turg‘un deb atadilar.

Natijalar

Germaniya Chempioni: 16 marta
Germaniya Kubogi: 9 marta
Chempionlar Kubogi: 4 marta
Kubok egalari Kubogi: 1967-yil
UEFA Kubogi: 1996-yil
Qit'alararo Kubok: 1976-yil

Chempionlar ligasi
2012/13 mavsumda Yupp Haynkes boshchiligaidagi “Bavariya” o‘z tarixida o‘ninchi marta va oxirgi to‘rt yil ichida uchinchi marta Yevropa klublarining bosh musobaqasi - Chempionlar ligasi finaliga yo‘l oladi. Finalda yana bir nemis klubi Dortmundning “Borussiya” klubi 2:1 hisobida mag‘lub etiladi.


JAMOA SARDORLARI
1965 — 1970  Verner Olk
1970 — 1977  Frans Bekkenbauer
1977 — 1979  Zepp Mayer
1979 — 1979  Gerd Myuller
1979 — 1980  Xans-Georg Shvarsenbek
1980 — 1983  Paul Braytner
1983 — 1984  Karl-Xayns Rummenigge
1984 — 1991  Klaus Augentaler
1991 — 1994  Raymond Aumann
1994 — 1996  Lotar Matteus
1997 — 1999  Tomas Xelmer
1999 — 2002  Shtefan Effenberg
2002 — 2008  Oliver Kan
2008 — 2011  Mark van Bommel
2011 — …      Filipp Lam
 
JAMOANI BOSHQARGAN MURABBIYLAR
Uilyam "Billi" Taunli      1919 – 1921
Zlatko "Chik" Chaykovski     01.07.1965 – 30.06.1968
Branko Zebek01.07.1968 – 13.03.1970
Udo Lattek    14.03.1970 – 02.01.1975
Ditmar Kremer         16.01.1975 – 30.11.1977
Gila Lorant  02.12.1977 – 28.02.1979
Pol Chernay   01.03.1979 – 16.05.1983
Raynxard Saftig     17.05.1983 – 30.06.1983
Udo Lattek    01.07.1983 – 30.06.1987
Yupp Xaynkes           01.07.1987 – 08.10.1991
Syoren Lerbyu09.10.1991 – 10.03.1992
Erix Ribbek11.03.1992 – 27.12.1993
Frans Bekkenbauer28.12.1993 – 30.06.1994
Djovanni Trappatoni        01.07.1994 – 30.06.1995
Otto Rexagel           01.07.1995 – 27.04.1996
Frans Bekkenbauer29.04.1996 – 30.06.1996
Djovanni Trappatoni        01.07.1996 – 30.06.1998
Ottmar Xitsfeld  01.07.1998 – 30.06.2004
Feliks Magat           01.07.2004 – 31.01.2007
Ottmar Xitsfeld  01.02.2007 – 30.06.2008
Yurgen Klinsmann   01.07.2008 – 27.04.2009
Yupp Xaynkes           28.04.2009 – 30.06.2009
Lui Van Gal            01.07.2009 – 9.04. 2011
Andris Yonkar        9.04.2011 – 30.04.2011
Yupp Haynkes           1.06.2011 – 1.06.2013
Xosep Gvardiola      1.07.2013
Karlo Anchelotti 2018
Niko Kovach hozirgacha.

Klub tarkibi
рейтинг:
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
  • Сегодня
  • Популярные
  • Читаемое