Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.UZ
P
  • 14:23 – Manba: Messi 2021 yilda «Barselona»dan ketadi 
  • 16:03 – Rasman: Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson jang sanasi ma’lum bo‘ldi 
  • 09:53 – Manba: Ronaldu mavsum so‘nggida «Yuventus»ni tark etadi 

Toshkentda o‘tkaziladigan U19 Osiyo chempionatining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining saralash o‘yinlari nihoyasiga yetdi va final bosqichida ishtirok etadigan barcha jamoalar ma’lum bo‘ldi.

Musobaqa 2020 yilning 14-31 oktyabr kunlari Toshkentda o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston (mezbon), Iroq, Qatar, Tojikiston, Eron, Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Malayziya, Avstraliya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Indoneziya, Laos, Vetnam, Yaman, Kamboja yoshlar jamoasi ishtirok etadi.

Jamoalar 4ta ishtirokchidan iborat 4ta guruhga ajratiladi. Birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar pley-off bosqichiga yo‘l olishadi. Kuchli to‘rtlikka kirgan jamoalar 2021 yilda Indoneziyada o‘tkaziladigan jahon chempionati yo‘llanmasiga ega bo‘lishadi.
рейтинг:
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.