Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.UZ
P
  • 14:23 – Manba: Messi 2021 yilda «Barselona»dan ketadi 
  • 16:03 – Rasman: Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson jang sanasi ma’lum bo‘ldi 
  • 09:53 – Manba: Ronaldu mavsum so‘nggida «Yuventus»ni tark etadi 

«Guanchjou Evergrand» Xitoy chempioni, Odil Ahmedov klubi OCHLga yo‘llanma oldi

Xitoy Superligasining 30-tur uchrashuvlari bilan chempionat bahslariga yakun yasaldi.
«Guanchjou Evergrand» klubi bu turda «Shanxay Shenxua» klubini mag‘lub etib (3:0), 72 ochko bilan mamlakat chempioniga aylandi.

E’tiborlisi, bu muvaffaqiyat «Guanchjou Evergrand»ning so‘nggi 9 mavsumdagi 8-chempionligidir. Klub 2011-2019 yillar orasida faqatgina 2018 yilda kumush medallari bilan cheklangandi.

«Guanchjou»dan ikki ochkoga ortda qolgan (70) «Beyjing Goan» 2-o‘rinni egalladi. Hamyurtimiz Odil Ahmedov to‘p surayotgan «Shanxay SIPG» klubi esa «Shenjen Rubi» jamoasini 6:0 hisobida mag‘lub etib, 66 ochko bilan uchinchi o‘rinni band etdi. Bu esa Odil Ahmedov klubiga OCHL-2020 pley-off bosqichiga yo‘llanma berdi.
Eslatib o‘tamiz, Odil Ahmedov 2017 yilda klubi bilan kumush medalga ega chiqqan bo‘lsa, 2018 yil chempionlikni nishonlagandi, 2019 yilda esa bronza medalini qo‘lga kiritdi. 
рейтинг:
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.