Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.UZ
P
  • 14:23 – Manba: Messi 2021 yilda «Barselona»dan ketadi 
  • 16:03 – Rasman: Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson jang sanasi ma’lum bo‘ldi 
  • 09:53 – Manba: Ronaldu mavsum so‘nggida «Yuventus»ni tark etadi 

Ronaldu Yuventus jamoasidan ko'ngli to'lmayabdi

Hozirgina «Sassuola» va «Yuventus» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv jangovar durang bilan yakunlanganidan xabaringiz bor. O‘yindan so‘ng, jurnalistlar «Yuve»ning portugaliyalik hujumchisidan intervyu olishdi va «Fut Bazza» nashri uni hozirgina e’lon qildi. Ushbu intervyuni e’tiboringizga taqdim etamiz.

Ronaldu:

Bugungi uchrashuvdan so‘ng, o‘zim va jamoadoshlarimdan ko‘nglim to‘lgani yo‘q. Bu men o‘tkazgan o‘yinlarning eng yomoni sifatida xotiramda qoladi. Afsuski, bu futbol va unda har doim ham siz istagandek bo‘lavermaydi.
Shunday bo‘lsada, «Yuventus» bunday uchrashuvlarda o‘zini qo‘lga olishi va osonlik bilan tashabbusni raqibdan tortib olishi lozim. Aks xolda, yo‘qotilgan ochkolar mavsum so‘nggida bizga pand berib qo‘yishi mumkin. Unutmasligimiz lozim, biz chempionlarmiz va bu ma’suliyatni chuqur his etishimiz shart. Men shunday katta klubning bir bo‘lagi ekanligimdan faxrlanaman. Shunga qaramay, ba’zan menga sheriklarimning ko‘magi yetmayapti. Mening bu yerda faqatgina bir maqsad ushlab turibdi. O‘z ismimni klub tarixiga yozib qo‘yish.
Bu klubga kelishimdan oldin yangi sovrinlarni yutishni juda ham istayotgan edim. Ushbu istak zarracha kamaygani yo‘q. Men hali-hamon katta g‘alabalrga o‘chman. Jamoadoshlarimda ham ana shunday ruhiy tayyorgarlik bo‘lishini juda istayman. Bu oldiga katta maqsadlar qo‘ygan futbolchi uchun juda muhim.

Manba: Fut Bazza
рейтинг:
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.