Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.UZ
P
  • 13:39 – 1xbet stavkalar sahifasi qo'shildi 

Bugun 23:00. Turkiya - O'zbekiston


Bugun Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Antalya shahrida Turkiya milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.
Bu o'yin terma jamoamiz uchun tarixiy hisoblanadi. Sababi shu paytga qadar Turkiya milliy terma jamoasiga qarshi birorta o'rtoqlik o'yini o'tkazmaganmiz. Bu o'yin birinchisi bo'ladi.

Turkiya - O'zbekiston uchrashuvi Alanya shahridagi "Alanya stadium" o'yingohida Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi. Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi SHenol Gunesh O'zbekistonga qarshi o'yinga terma jamoaning bir qator etakchi futbolchilarini ham chaqirgan. Bugun bizga qarshi Turkiya terma jamoasi tarkibida Italiyaning "Milan" klubi yarim himoyachisi Hoqon CHalxanoglu, shuningdek, Merih Demiral ("Sassuolo", Italiya), CHengiz Under ("Roma", Italiya), Yunus Malli ("Volfsburg", Germaniya), Jenk Tosun ("Everton", Angliya), Enes Unal ("Valyadolid", Ispaniya) kabi futbolchilar maydonga tushishlari mumkin.

Uchrashuvga bo'lgan qiziqish nafaqat yurtimizda, balki Turkiyada ham juda katta. SHu bilan birga o'yinni turk telekanallaridan tashqari, jahonga mashhur Eurosport telekanali ham jonli efirda namoyish qiladi. Yurtimizdagi muxlislar esa uchrashuvni O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasining "Sport TV" telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishlari mumkin bo'ladi.

Umid qilib qolamizki, bugungi o'yinda terma jamoamiz vakillari chiroyli va mazmunli o'yin namoyish qilib, yurtimizdagi futbol muxlislarini xursand qilishadi.
рейтинг: 
Оставить комментарий
  • Комментируют
  • Сегодня
  • Читаемое