Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.UZ
P
  • 00:28 – Eldor Shomurodovdan navbatdagi shedevr! SSKA darvozasiga Messi uslubidagi gol urdi. 
  • 12:45 – Neymar: "Muxlislarni to'g'ri tushunaman" 
  • 18:00 – "Real Madrid" 3-2 "Levante" La Liga 4-tur 

O'zbekistonda kelishilgan totalizator o'yinlar aniqlandi

O'zbekiston futbol associaciyasi oldida turgan asosiy vazifalardan biri futbolimizni orqaga tortayotgan illatlardan bo'lgan kelishilgan o'yinlar va totalizatorda ishtirok etish kabi holatlarga qarshi keskin kurash olib borish.
SHu maqsadda faoliyat olib borayotgan Etika qo'mitasi yana bir holatni aniqladi va jazo belgiladi.

Unga ko'ra, "Oq-tepa" klubining sobiq bosh murabbiyi Yaroslav Krushelnickiy 1 yil muddatga futbol bilan bog'liq har qanday faoliyatdan chetlashtirildi. 2019 yil 12 iyun kuni o'tkazilgan "Oq-tepa" va "Iftixor" futbol klublari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida Krushelnickiy murabbiy bo'la turib totalizator o'yniga aralashgani malum bo'ldi. Jazo tayinlashda Yaroslav Krushelnickiyning o'z aybini to'liq tan olib, qattiq pushaymonligini bildirganligini inobatga olindi.

O'sha uchrashuvda "Iftixor" klubi sharafini himoya qilgan, hozirda esa "Qizilqum" jamoasida faoliyat olib borayotgan Nodir Kamolov ham totalizator o'yini ishtirokchisiga aylangani aniqlandi. Kamolov ham o'z aybini to'liq tan olib, qattiq pushaymonligini bildirganligi uchun Qo'mita tomonidan O'FA intizom kodeksining tegishli bandiga asosan olti oy muddatga muddatga futbol bilan bog'liq har qanday faoliyatdan chetlashtirildi.

O'FA Etika Qo'mitasi futbol sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, murabbiylar va futbolchilarni professionallik, tartib-intizom va halollik qoidalariga rioya qilgan holda ishlashga chaqiradi.
рейтинг:
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

"Liverpul" klubi tarixi

  • 15 окт, 19:39
  • 0

"Yuventus" klubi tarixi

  • 14 окт, 14:09
  • 0

"Barselona" klubi tarixi

  • 13 окт, 12:55
  • 0

"Real Madrid" klubi tarixi

  • 12 окт, 15:13
  • 0
  • Комментируют
  • Сегодня
  • Читаемое