Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.UZ
P
  • 14:23 – Manba: Messi 2021 yilda «Barselona»dan ketadi 
  • 16:03 – Rasman: Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson jang sanasi ma’lum bo‘ldi 
  • 09:53 – Manba: Ronaldu mavsum so‘nggida «Yuventus»ni tark etadi 

Krishtianu Ronaldu eng yoqtirgan filmi, eng yaxshi goli va futbolchi bo‘lmaganida qaysi kasbni tanlagan bo‘lishi haqida

Krishtinu Ronaldu futbolga ixtisoslashgan eng yirik riteylerlardan biri – Soccer`ga qisqa intervyu berdi. 4 daqiqa davom etgan suhbat blits savol-javobdan iborat bo‘ldi. 

 
​​​​– Faoliyatingizdagi eng yaxshi gol?
– O, bu qiyin savol. 700ta goldan bittasini ajratib ko‘rsatish... Men doimo osongina qilib, eng oxirgi urgan golim deb javob beraman. Bilaman, bu eng chiroylisi emas, lekin gollar doim ahamiyatga ega.
– Agar o‘tmishga qaytish imkoni bo‘lganda kim bilan birga o‘ynashni istardingiz?
– Qiyin savollar beryapsiz... (kuladi) O‘ylab ko‘ray-chi... Xayolimga ko‘p futbolchilar kelyapti. Lekin bittasini aytmoqchiman – marhum vatandoshim Eysebio. U Portugaliya milliy jamoasining ramzlaridan biriga aylangan. U bilan birga o‘ynashni istagan bo‘lardim, chunki u portugaliyalik va qolaversa, juda zo‘r inson bo‘lgan.
– Gollaringizni «Suiii» deb nishonlashingiz mashhur. Bu qayerdan kelib chiqqan?
– AQSHda «Chelsi»ga qarshi o‘ynagandik. Bunaqa nishonlash qanday xayolimga kelganini bilmayman. Men, shunchaki, gol urganimdan keyin nishonlash chog‘ida «Suiii» deb baqirgandim. Bu tabiiy ravishda bo‘lib ketgandi. O‘shandan keyin bir necha marta takrorladim. Muxlislar meni ko‘rishganida: «Krishtianu, suiii» deyishadi.
– Agar jahonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish bilan band bo‘lmaganingizda futbol o‘rniga qaysi kasb egasi bo‘lardingiz?
– Aktyor. Balki model. Bilmasam. Aktyor bo‘lsa kerak. Bunga iqtidorim bor-yo‘qligini bilmayman, lekin doim aytaman: «Agar ko‘p mehnat qilsang va o‘rgansang, hamma narsaga erisha olasan».
– Eng yaxshi ko‘rgan filmingiz qaysi?
– Eng sevimli filmim... Ular ko‘p. Menga hammasidan ham hujjatli filmlar yoqadi. Eng yoqtirganim – «Qo‘zilar sukunati» (The Silence of the Lambs). Shu dramani yaxshi ko‘raman.

рейтинг:
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.