Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.UZ
P
  • 12:45 – Neymar: "Muxlislarni to'g'ri tushunaman" 
  • 10:52 – Ronaldu navbatdagi rekordni o'rnatdi 
  • 13:00 – Makgregor Habib bilan Moskvada oktagonga chiqmoqchi 

Ektor Kuper: "Hali oldinda o'yinlar ko'p va vaziyatni o'nglay olamiz"

Sal avval yakuniga etgan Falastin - O'zbekiston bahsidan so'ng matbuot anjumani tashkil etildi.
O'zbekiston terma jamoasi JCH saralash bosqichidagi ilk uchrashuvni 0:2 hisobidagi mag'lubiyat bilan boshladi. Terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper o'yindan keyingi matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bildirdi. 

- Men juda g'azabdaman. Futbolchilardan bunday o'yin kutmagandim. O'tkazib yuborilgan birinchi golga qadar yaxshi o'ynayotgandik. Lekin birinchi goldan keyin hammasi o'zgarib ketdi. Futbolchilar o'yinga etiborni yo'qotib qo'yishdi. Himoyada xatolar yuzaga keldi. Vaziyatni o'zgartirish uchun zaxiradan futbolchilar o'yinga qo'shildi, ikkinchi hujumchini maydonga tushirdik. Lekin bu ham yordam bermadi. SHuni aytishim kerak, saralash bosqichi endi boshlandi va birinchi o'yindan keyinoq yakuniy xulosani berish qiyin. Hali oldinda o'yinlar ko'p va vaziyatni o'nglay olamiz. 



- Bugun juda bir alamli mag'lubiyat bo'ldi. Osiyo Kubogida Turkmanistonga qarshi bahsni hisobga olmaganda terma jamoamiz qachon chiroyli o'yin ko'rsatganini eslash qiyin. O'zbekiston terma jamoasi uchun hammasi kech bo'lmasidan istefoga chiqish payti kelmadimi? (Saytimiz muxbiri Tolibjon Qosimov savoli) 

- Siz birinchi o'yindan keyinoq istefo so'rayapsizmi? Men buni normal holat deb hisoblamayman. CHunki biz endi saralashda birinchi o'yinni o'tkazdik. Hech qaerda dastlabki mag'lubiyatdan keyinoq murabbiy ishdan bo'shatilmaydi. 



- Falastin terma jamoasi ko'rsatgan o'yin haqida deya olasiz? Bizning terma jamoa qanchalik uzoqqa bora oladi? 

- Avvalo Falastin terma jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Jamoangiz bugun haqiqatan yaxshi o'yin ko'rsatdi. Lekin men darhol bu jamoa haqida tayinli gap aytmagan bo'lardim, chunki oldinda o'yinlar ko'p va vaziyat o'zgarib ketishi mumkin. Keyingi bosqichga chiqish uchun har ikki jamoada imkoniyat bor. 



- Jamoangiz bugun jiddiy mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Lekin oldinda hali Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinlar bor. Falastindan ham kuchli jamoaga qarshi imkoniyatlarni qanday baholaysiz? 

- Men kecha aytgandim: ilk o'yinni g'alaba bilan boshlash juda zarur deb. Ammo bugun buning aksi bo'ldi. Boshidan xato bo'ldi va bunday bo'lishini hech kim kutmagandi. Vazifamiz mag'lubiyatdan tegishli xulosa chiqargan holda keyingi bellashuvlarga hozirlik ko'rish. 



- Quvondiq Ro'ziev bilan Ikrom Aliboevni Sanjar SHoahmedov bilan Doston Hamdamovga almashtirilishini xato deb hisoblaysizmi? (Saytimiz rahbari Gayrat Xasbiulin savoli) 

- Biz nima uchun almashtirishlarni amalga orshirdik? CHunki Quvondiq Ro'ziev toliqib qolgandi. Ikrom Aliboev haqida ham shunday desa bo'ladi. Yana shuni aytishim kerak, bu mag'lubiyatdan ko'p ham fojea yasash kerak emas. Bitta g'alaba hammasini yuvib ketadi. SHu bois hammani sabrli bo'lishga chaqiraman. Saralash bahslari yakuniga etguncha kutishimiz kerak, shundan so'nggina natija ko'zga tashlanadi.

- Terma jamoamiz ko'rsatgan o'yin siz uchun uyatli emasmi? (Saytimiz rahbari Gayrat Xasbiulin savoli)

- Men buni uyatli demagan bo'lardim. CHunki maydonga tushgan futbolchilar baribir o'zlarini ko'rsatishga harakat qilishdi. O'yinimiz qanchalik uyatli yoki yaxshiligini saralash bosqichining oxirida egallagan o'rnimizga qarab ko'ramiz.


рейтинг:
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
  • Комментируют
  • Сегодня
  • Читаемое