Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.UZ
P
  • 12:45 – Neymar: "Muxlislarni to'g'ri tushunaman" 
  • 10:52 – Ronaldu navbatdagi rekordni o'rnatdi 
  • 13:00 – Makgregor Habib bilan Moskvada oktagonga chiqmoqchi 

JCH-2022 saralash. Ertaga Saudiya Arabistoni boshlaydi

Ertaga, 10 sentyabr, kuni JCH-2022 saralash bosqichi ikkinchi raund 2-tur bahslari bo'lib o'tadi.
O'zbekiston terma jamoasi qura jarayonida ikkinchi savatchadan joy olgani bois bu turda dam oladi. Lekin ertaga birinchi savatchadagi jamoalar o'z yurishini boshlaydi. Aytish mumkinki, mana endi kurashga jahon chempionatiga borish uchun haqiqiy davogarlar qo'shiladi. 

Guruhimizdagi eng kuchli raqib Saudiya Arabistoni ertaga safarda Yaman mehmoni bo'ladi. Yamanda siyosiy notinch vaziyat tufayli uchrashuv Bahraynda tashkil etiladi va bizning vaqt bilan 17:00da boshlanadi. Yaman 1-turda Singapur bilan durang o'ynadi. 

Ertangi o'yin franciyalik murabbiy Erve Renar uchun debyut hisoblanadi. CHunki ushbu mutaxassis Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi sifatida ilk rasmiy uchrashuvini o'tkazadi. 

Ertaga shuningdek, Singapur - Falastin bellashuvi ham bo'lib o'tadi. Singapur ketma-ket ikkinchi bor o'z maydonida o'ynaydi. Bu jamoalar o'yini 16:45da start oladi. Falastin bosh murabbiyi Nuriddin Ould Ali shunday dedi: "O'zbekiston ustidan qozonilgan g'alabani unutib, bor etiborni navbatdagi bahsga qaratishimiz kerak. Futbolda o'tmishdagi yutuqlar bilan yashash kerak emas. Men bu haqda futbolchilarga ham aytdim". 

Demak, ertaga garchi milliy terma jamoamiz o'yin o'tkazmasa-da, guruhdagi vaziyatni bilish uchun ikkita o'yinni diqqat bilan kuzatib boramiz.
рейтинг:
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
  • Комментируют
  • Сегодня
  • Читаемое