Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.UZ
P
  • 00:28 – Eldor Shomurodovdan navbatdagi shedevr! SSKA darvozasiga Messi uslubidagi gol urdi. 
  • 12:45 – Neymar: "Muxlislarni to'g'ri tushunaman" 
  • 18:00 – "Real Madrid" 3-2 "Levante" La Liga 4-tur 

Rasmiy xabar: Vadim Abramov - O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi

Xabaringiz bor, O'zbekiston futbol associaciyasi hamda O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper o'rtadasidagi shartnoma o'zaro kelishuvga asosan bekor qilindi.
Milliy terma jamoamizda bundan buyon Vadim Abramov bosh murabbiy sifatida faoliyat olib boradi. O'FA murabbiylar kengashi yurtimizdagi taniqli mutaxassislardan biri sanaladigan Vadim Karlenovich nomzodini maqulladi. Bilasiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi ushbu mutaxassis boshchiligida Qatar yashil maydonlarida o'tgan Osiyo kubogi-2011da qita birinchiliklaridagi o'zining eng yaxshi natijasini qayd etgan. SHuningdek, milliy terma jamoamizning o'sha yorqin o'yinlari muxlislarimizning hali ham yodida.

Vadim Abramovga murabbiylar shtabida O'zbekiston milliy terma jamoasi safida uzoq yillar muvaffaqiyatli o'yin ko'rsatgan va endilikda murabbiylik sohasida ham qisqa vaqt ichida tez o'sishga erishib, muxlislar ishonchini qozonishga ulgurgan Timur Kapadze yordam beradi. SHuningdek, o'zbek futboli muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan avstraliyalik tajribali mutaxassis Mirko Yelichich futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi bilan shug'ullanadi. Darvozabonlar bilan esa Denis Ivankov ishlashda davom etadi.

Umid qilamizki, yangi murabbiylar shtabi milliy terma jamoamizni katta muvaffaqiyatlarga etaklaydi.

- Vadim Karlenovich, tabriklaymiz. Terma jamoa bosh murabbiyi bo'lishga tayyormidingiz?
- Rahmat. Bilmadim, balki shundaydir.

- Ermatov bilan uchrashuvdan keyin barchasi hal bo'ldimi?
- Ha.

- Ishni qachon boshlaysiz?
- Allaqachon boshladim.

- Terma jamoa qachon yig'iladi?
- 2 oktyabr kuni.

- Tarkibda qandaydir o'zgarishlar bo'ladimi?
- Hozircha shoshmaylik, o'sha paytda barchasi aniq bo'ladi.

- Endi "Bunyodkor" nima bo'ladi?
- Bu borada alohida elon beriladi. Hozir hech narsa aniq emas. Boshlangan ishni oxiriga etkazib qo'yish kerak.

- Terma jamoada sizga kimlar yordam beradi?
- Timur Kapadze va Mirko Yelichich.

- So'nggi savol terma jamoa bilan necha yillik shartnoma tuzdingiz?
- Bir umrlik (kuladi).
рейтинг:
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

"Liverpul" klubi tarixi

  • 15 окт, 19:39
  • 0

"Yuventus" klubi tarixi

  • 14 окт, 14:09
  • 0

"Barselona" klubi tarixi

  • 13 окт, 12:55
  • 0

"Real Madrid" klubi tarixi

  • 12 окт, 15:13
  • 0
  • Комментируют
  • Сегодня
  • Читаемое