Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.UZ
P
  • 00:28 – Eldor Shomurodovdan navbatdagi shedevr! SSKA darvozasiga Messi uslubidagi gol urdi. 
  • 12:45 – Neymar: "Muxlislarni to'g'ri tushunaman" 
  • 18:00 – "Real Madrid" 3-2 "Levante" La Liga 4-tur 

JCH-2022 saralash. 3-tur taqvimi bilan tanishamiz!

10 oktyabr kuni JCH-2022 saralash bosqichining ikkinchi raund 3-tur bahslari o'tkaziladi.
Malumki, biz 2-turda dam olgandik. SHu bois oktyabr oyida ikkita uchrashuv o'tkazamiz. Dastlab o'z maydonimizda Yamanni qabul qilsak, keyin safarda Singapur bilan o'ynaymiz. 

O'tgan turning etiborga molik jihati qura jarayonida birinchi savatchadan joy olgan kuchli jamoalarning kurashga qo'shilgani bo'ldi. Xitoy, Avstraliya, Eron, Yaponiya, BAA va Janubiy Koreya o'tgan turni g'alaba bilan boshlagan bo'lsa, Saudiya Arabistoni durang qayd etdi. SHuningdek, Qatarning o'z maydonida Hindistonni enga olmagani ham kutilmagan natija bo'ldi. 

Quyida 3-turda bo'lib o'tadigan o'yinlar taqvimini keltirib o'tamiz. 



"A" guruhi - Xitoy, Suriya, Filippin, Maldiv, Guam. 

2-turda: Guruhdagi har ikki uchrashuvda yirik hisob qayd etildi. Xitoy Maldiv maydoniga safar uyushtirib 5:0 hisobida zafar quchgan bo'lsa, Filippin Guamdan 4:1 hisobida ustun keldi. Xitoyliklar safida Elkeson o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'ydi. 

3-tur, 10 oktyabr. Xitoy - Guam; Suriya – Maldiv.

"B" guruhi - Avstraliya, Iordaniya, Xitoy Taypeyi, Quvayt, Nepal.

2-turda: Avstraliya Quvaytga hech qanday imkoniyat qoldirmay 3:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvda Mettyu Leki dublga erishdi. Quvaytda kechgan bahsni 12 mingga yaqin tomoshabin kuzatib bordi. Guruhdagi ikkinchi o'yinda Nepal Xitoy Taypeyidan ustun keldi. 

3-tur, 10 oktyabr. Avstraliya - Nepal; Iordaniya – Quvayt.



"C" guruhi - Eron, Iroq, Bahrayn, Gonkong, Kambodja.

2-turda: Eron terma jamoasiga Sardor Azmun va Karim Ansarifad tomonidan kiritilgan gollar Gonkong ustidan 2:0 hisobidagi g'alabani taqdim etdi. Kambodja maydoniga safar qilgan Bahrayn 1:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytdi. Kambodjadagi "Olimpik" stadionida kechgan bahsni 45 ming tomoshabin kuzatib bordi.

3-tur, 10 oktyabr. Eron - Kambodja; Iroq – Gonkong. 

"D" guruhi - Saudiya Arabistoni, O'zbekiston, Falastin, Yaman, Singapur.

2-turda: O'zbekiston terma jamoasi joy olgan guruhda ham vaziyat qizg'in tus olmoqda. 1-turda bizni yutgan Falastin keyingi uchrashuvda imkoniyatni boy berdi. Guruhdagi eng kuchli raqib sifatida qaralayotgan Saudiya Arabistoni Yaman bilan kutilmaganda durang qayd etdi.

3-tur, 10 oktyabr. Saudiya Arabistoni - Singapur; O'zbekiston – Yaman. 

"E" guruhi - Bangladesh, Ummon, Hindiston, Afg'oniston, Qatar.

2-turda: Birinchi o'yinda Afg'onistonni 6:0 hisobida mag'lub etgan Qatar o'tgan tur Hindiston bilan 0:0 o'ynadi. To'g'ri, qatarliklar murabbiyi asosan ikkinchi tarkibni tushirdi, shunga qaramay amaldagi Osiyo chempionidan ko'pchilik g'alaba kutgandi. Fashad Nur tomonidan kiritilgan gol esa Afg'onistonga Bangladesh ustidan kichik g'alabani taqdim etdi.

3-tur, 10 oktyabr. Bangladesh - Qatar; Ummon – Afg'oniston. 



"F" guruhi - Yaponiya, Qirg'iziston, Tojikiston, Myanma, Mo'g'uliston.

2-turda: Tojikiston ketma-ket ikkinchi g'alabasini nishonlab, birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Usmon Toshev shogirdlari navbatdagi bahsni ham 1:0 hisobida yakunlashdi. Yaponiya safarda Myanmani mag'lub etdi. Myanmadagi stadionga 25 mingdan ziyod muxlis tashrif buyurdi. 

3-tur, 10 oktyabr. Yaponiya - Mo'g'uliston; Qirg'iziston – Myanma. 

"G" guruhi - BAA, Vetnam, Tailand, Malayziya, Indoneziya.

2-turda: BAA saralash o'yinlarini qiyin g'alaba bilan boshladi. Malayziyalik futbolchilar 1-daqiqadayoq hisobni ochishdi, biroq taym tugashiga ikki daqiqa qolganida Ali Mabxut hisobni tenglashtirdi. Keyinchalik Ali Mabxut yana gol urib jamoasiga ilk uch ochkoni keltirdi. Indoneziya maydoniga safar uyushtirgan Tailand 3:0 hisobidagi g'alabani tantana qildi.

3-tur, 10 oktyabr. BAA - Indoneziya; Vetnam – Malayziya.

"H" guruhi - Janubiy Koreya, Livan, KXDR, Turkmaniston, SHri Lanka.

2-turda: Oxirgi guruhda ikkita koreys jamoasi g'alabaga erishdi. Janubiy Koreya safarda yon qo'shnimiz Turkmanistonni mag'lub etgan bo'lsa, shimolliklar SHri Lankani kichik hisobda mag'lub etib qaytishdi. Ashxobodda kechgan bahsni 26 ming tomoshabin kuzatib borgani etiborga molik.

3-tur, 10 oktyabr. Janubiy Koreya - SHri Lanka; Livan – Turkmaniston.

P.S. Mazkur saralash bosqichida Osiyodan 40ta davlat qatnashmoqda. Musobaqa reglamentiga ko'ra, har bir guruh g'oliblari (8ta) va eng yaxshi ko'rsatkich qayd etgan 4ta ikkinchi o'rin egasi (jami 12ta jamoa) keyingi bosqichga yo'l oladi. Dastlabki ikki tur natijalaridan so'ng ikkinchi o'rinda borayotgan Suriya, Avstraliya, Eron va Yaponiya hozircha eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lib turishibdi. 
рейтинг:
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

"Liverpul" klubi tarixi

  • 15 окт, 19:39
  • 0

"Yuventus" klubi tarixi

  • 14 окт, 14:09
  • 0

"Barselona" klubi tarixi

  • 13 окт, 12:55
  • 0

"Real Madrid" klubi tarixi

  • 12 окт, 15:13
  • 0
  • Комментируют
  • Сегодня
  • Читаемое