Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.UZ
P
  • 13:36 – Osiyo chempionlar ligasida jamoalar soni oshadi 
  • 00:28 – Eldor Shomurodovdan navbatdagi shedevr! SSKA darvozasiga Messi uslubidagi gol urdi. 
  • 01:14 – Lionel Messi – yilning eng yaxshi futbolchisi 

Venger: «Barselona» Messiga bog‘lanib qolgan, jamoa inqirozga tushgandek»

«Arsenal» sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger YeCHL 4-turi doirasidagi «Barselona» - «Slaviya» (0:0) o‘yini haqida fikrlarini bildirdi.
«Barselona» xuddi inqiroz holatidagi jamoadek to‘p surmoqda. Ularning harakati juda sekin. Hal qiluvchi vaziyatlarda ular jamoaviy emas, ko‘proq individual o‘ynashmoqda. Jamoa to‘pni yo‘qotganida esa raqiblar hujumi uchun keng maydonni qoldirishmoqda.
«Barselona»da doim ajoyib kombinatsion o‘yin bo‘lgan, qolaversa Messining tarkibda bo‘lishi jamoalar saviyasi o‘rtasida katta farqni yuzaga keltirgan. «Barsa» o‘yinidan shunday taassurotki, butun jamoa xuddi Messidan nimanidir kutayotgandek» - deydi Venger «beIN Sports» efirida.
Ma’lumot uchun, «Barselona» so‘nggi 6 yilda ilk marta o‘z uyida Chempionlar Ligasi guruh bosqichidagi o‘yinda raqib darvozasiga gol ura olmadi.
рейтинг:
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
  • Сегодня
  • Популярные
  • Читаемое