Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.UZ
P
  • 14:23 – Manba: Messi 2021 yilda «Barselona»dan ketadi 
  • 16:03 – Rasman: Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson jang sanasi ma’lum bo‘ldi 
  • 09:53 – Manba: Ronaldu mavsum so‘nggida «Yuventus»ni tark etadi 

O'zbekistonda bukmekerlik idoralari faoliyat boshlashi mumkin

O'zbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berilishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi saytida (regulation.gov.uz) "O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qaror loyihasi elon qilindi.



Unga ko'ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab, xalqaro tajribadan kelib chiqib sport sohasini, ayniqsa futbolni yanada rivojlantirish, uning investiciyaviy jozibadorligini oshirish, qo'shimcha mablag'larni jalb qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasida bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish ko'zda tutilmoqda.



O'zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi Moliya vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikaciyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston futbol associaciyasi bilan birgalikda 2020 yil 1 aprelga qadar bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi va ularda shu jumladan quyidagilarni:



- bukmekerlik faoliyatini licenziyalash O'zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilishini;

- bukmekerlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlik subektlari tomonidan telekommunikaciya tarmoqlarida, shu jumladan Internet tarmog'i provayderlarida xizmatlar ko'rsatilishini tartibga solishni;



- bukmekerlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlik subektlari daromadlarining bir qismini sport turlari, shu jumladan futbolni rivojlantirish uchun yo'naltirishni;



- bukmekerlik faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish mexanizmlarini joriy etilishini nazarda tutishi belgilab qo'yilgan.

Manba : regulation.gov.uz/oz/document/10179
рейтинг:
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.