Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.UZ
P
  • 14:23 – Manba: Messi 2021 yilda «Barselona»dan ketadi 
  • 16:03 – Rasman: Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson jang sanasi ma’lum bo‘ldi 
  • 09:53 – Manba: Ronaldu mavsum so‘nggida «Yuventus»ni tark etadi 

Erve Renar: "Keyingi vazifamiz esa Jahon chempionatiga yo'llanma olish"

Kecha takidlaganimdek juda qiyin o'yin bo'ldi. Ikkinchi taymda darvozamizga qo'yilgan penalti bizni qiyin ahvolga solib qo'ydi. Xursand bo'lgan jihati esa shogirdlarim shunday qiyin vaziyatdan chiqib ketishdi. Bugungi ajoyib o'yin uchun O'zbekiston terma jamoasini tabkrilamoqchiman. O'z jamoamni ham tabkrilamoqchiman, ikki oy ichida ajoyib jamoa tuza oldik", - deydi Renar.  

- Bugun Saudiya Arabistoni omad tufayli g'alaba qozondi desak bo'ladimi?
- Bugun omad tufayli emas futbolchilarning individual mahorati tufayli g'alaba qozondik.

- Siz kelgach Saudiya Arabistoni ligasidagi legionerlar limitini kamaytirishga intilayapsiz. Hozir 6ta legioner ro'yxatdan o'tkazish mumkin, keyingi yil buni 4ta qilishni istayapsiz. Nima deb o'ylaysiz Saudiya Arabistoni ligasi bunga rozi bo'larmikin?
- Bu Saudiya Arabistoni ligasida mavjud bo'lgan qoida. Mahalliy iqtidorli futbolchilar etarlicha. "Al Hilol" yaqinda OCHL finalida o'ynadi. Legionerlar limitini o'zgartirish meni ishim emas, mening eng asosiy ishim terma jamoa bilan bog'liq. Hozir biz birinchi o'rindamiz va mana shu o'rinni saqlab qolishga intilamiz.

- Saudiya Arabistoni o'yinga 4 kun qolganida yig'ildi va safarda g'alaba qozonib ketdi. 4 kun ichida nima qildingizu jamoaingiz g'alabaga erishdi?
- To'g'ri 4 kun oldin yig'ildik, ammo 3 oydan buyon ishlayapmiz. Terma jamoamizning eng asosiy vazifamiz ikkinchi bosqichga chiqish. Undan keyingi vazifamiz esa Jahon chempionatiga yo'llanma olish. Bugun 20 yoshli Firas Al Buraykan juda yaxshi futbolchi, shuncha muxlis qarshisida yaxshi o'ynadi.

- Ikkala jamoa ham iqtidorli futbolchilardan iborat. Ammo bazida futbolda tushuntira olmaydigan ishlar bo'ladi. Bugun g'alabaga bo'lgan ishtiyoq tufayli g'alaba qozona oldik.
рейтинг:
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.