Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.UZ
P
  • 14:23 – Manba: Messi 2021 yilda «Barselona»dan ketadi 
  • 16:03 – Rasman: Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson jang sanasi ma’lum bo‘ldi 
  • 09:53 – Manba: Ronaldu mavsum so‘nggida «Yuventus»ni tark etadi 

Saudiya Arabistoni safardagi 12 o‘yinlik g‘alabasiz seriyasiga chek qo‘ydi

JCH-2022 saralash bosqichi 5-turi doirasidagi O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni (2:3) o‘rtasidagi bahs mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Toshkentdagi irodali g‘alaba saudiyaliklarga safardagi omadsiz seriyani buzish imkonini berdi. Gap shundaki, Caudiya Arabistoni so‘nggi marta safarda 2017 yilning 22 dekabr kuni Fors Ko‘rfazi kubogi doirasida Kuvayt terma jamoasini 1:2 hisobida mag‘lub etib qaytgandi. JCH-2018 va Osiyo Kubogi-2019 final bosqichidagi uchrashuvlar inobatga olinmasa, Saudiya Arabistoni 2017 yilgi mehmondagi g‘alabasidan keyin 2 yil davomida safarda o‘tkazilgan 12 ta uchrashuvda g‘alaba qozona olmayotgandi. Toshkentda o‘tkazilgan bahsda Saudiya Arabistoni O‘zbekiston termasini mag‘lub etib, safardagi 12 o‘yinlik g‘alabasiz seriyasiga chek qo‘ydi.
рейтинг:
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.