Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.UZ
P
  • 14:23 – Manba: Messi 2021 yilda «Barselona»dan ketadi 
  • 16:03 – Rasman: Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson jang sanasi ma’lum bo‘ldi 
  • 09:53 – Manba: Ronaldu mavsum so‘nggida «Yuventus»ni tark etadi 

Ronaldu: terma jamoada 98ta gol va faoliyatidagi 55-xet-trik

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevro-2020 saralash bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan Litvaga qarshi o‘yinda (6:0) uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Uchrashuvning 7-daqiqasida Ronaldu penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, 22 va 65-daqiqalarda o‘yindan gol urdi. Krishtianu 83-daqiqada zaxiraga olindi.

Bu 34 yoshli futbolchi uchun faoliyatidagi 55-xet-trik bo‘ldi. Ulardan 9tasiga u terma jamoada erishgan. E’tiborli tomoni, Krishtianu so‘nggi xet-trigini 10 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan Litvaga qarshi dastlabki o‘yinda (5:1) qayd etgan edi.

Kechagi gollardan so‘ng Ronalduning Portugaliya terma jamoasidagi gollari soni 98taga yetdi. Terma jamoada gollar soni bo‘yicha faqatgina eronlik Ali Dayi (109ta gol) portugaliyalik futbolchidan ko‘proq gol urgan. Shu tariqa, Ronaldu jahon rekordini takrorlashi uchun unga 11ta gol qoldi.

Terma jamoa tarkibidagi o‘yinlar soni bo‘yicha Krishtianu Yevropa rekordini takrorlashi uchun 13ta o‘yin, jahon rekordigacha esa 21ta o‘yin qoldi. Ronaldu hisobida hozircha 163ta uchrashuv mavjud.

Manba: sports.ru
рейтинг:
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.