Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.UZ
P
  • 14:23 – Manba: Messi 2021 yilda «Barselona»dan ketadi 
  • 16:03 – Rasman: Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson jang sanasi ma’lum bo‘ldi 
  • 09:53 – Manba: Ronaldu mavsum so‘nggida «Yuventus»ni tark etadi 

Rasman: Malkom - "Zenit" futbolchisi!

"Barselona" va "Zenit" hujumchi Malkom borasida kelishuvga erishishdi.
Futbolchi 5 yillik shartnomaga imzo chekdi. Transfer narxi esa 40 million evroga baholanmoqda.

22 yoshli hujumchi faoliyatini "Korintians"da boshlagan va shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Malkom 2018 yilda "Barselona"ga "Bordo" klubidan o'tgan edi. Kataloniyaliklar braziliyalik futbolchi uchun francuz klubiga 41 million evro to'lashgan edi.

Joriy transferlar oynasida Barselonadan Zenitga o'tgan yarim himoyachi Malkom yanvar oyidayoq yangi jamoasini tark etishi mumkin.
Gap shundaki, peterburglik muxlislar futbolchini yaxshi kayfiyatda kutib olmagan va unga nisbatan irqchilik munosabatini ko'rsatishgan. Avvalroq, jamoaning fan-klublaridan biri «Zenit» rahbariyatidan qora tanli futbolchilarni sotib olmaslikka chaqirgandi.   

Eslatib o'tamiz, braziliyalik xavbek RPLning 4 turi doirasidagi «Krasnodar»ga qarshi bahsda (1:1) zaxiradan maydonga tushib, debyut o'yinini o'tkazdi. 
рейтинг:
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.